Kitoblarimcatalogue
Back to books
Hadis va hayot. Namoz (5-juz)

Hadis va hayot. Namoz (5-juz)

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining qalamlariga mansub «Hadis va Hayot» turkumining «Namoz» deb nomlangan 5-juzisavdoga chiqarildi. Ma'lumingizkim, «Hadis va Hayot» silsilasi mashhur alloma, Qohiradagi «al-Azhar» dorilfununi mudarrislaridan biri shayx Mansura Ali Nosif hazratlarining «At-toj al-jome' lil-usul fii ahadiysur Rasul» («Rasul sollallohu alayhi vasallamning hadislaridan asllarni jam qiluvchi toj») deb nomlangan ulkan asarlariga yozilgan komil va shomil sharhlardan iborat to'plamdir. «Hadis va Hayot» silsilasining dastlabki juzlari chop etilishi bilan kitobsevarlarning sevimli asariga aylanib, ko'plab muxlislarning javonlaridan, mo'min-musulmonlarning qalbidan chuqur va munosib o'rin oldi. Endilikda mazkur silsila tarkibiga kiruvchi kitoblar qaytadan nashr qilina boshlandi. Ushbu juzlarda dastlabki nashrlarda yo'l qo'yilgan ba'zi xato va kamchiliklar bartaraf etilib, ilmiy ma'lumotlar tahqiq qilingan bo'lib, bu mazkur nodir asar saviyasining yanada yuqoriroq bo'lishini ta'minladi. Namoz dinning ustuni va mo'minning me'roji ekanini hammamiz yaxshi bilamiz. Bu ibodatning qadr-qimmati va fazlu barakoti ham baland. Shuning uchun Hadis va Hayot kitobining 3 ta juzi - 5, 6, 7-juzlari ushbu mavzuga bag'ishlangandir. Shu bilan birga, namozning ahkomlari ko'pligi va amallari o'ta daqiqligini to'la anglab yetmay turib, ularni ilmiy asosda o'rganmay turib, hayotimizga to'la tatbiq etmog'imiz qiyin. Ushbu kitob namozga oid ko'pgina masalalar yuzasidan hamma uchun kerakli va zarur hukm va ma'lumotlarni o'z ichiga olgan. Uni diqqat bilan o'qib chiqsangiz, Islomning ulug' ustuni – namoz ibodati haqida yetarli va mukammal ma'lumot olmog'ingiz mumkin. Siz unda Islomning besh ruknidan ikkinchi ruknni bo'lgan namozning farzligi va fazli haqida, uning xikmatlari xaqida batafsil ma'lumot olasiz.

Book details

Publisher
Hilol-nashr
Publication year
2024
Original language
O'zbek tili

400 pages. At 20 pages a day, you'll finish it in about 20 days.

Finish this book in Telegram

Where to get this book

Kitoblarim is a catalogue of books: the book itself, or a PDF of it, isn't here. Look for a print or e-book copy in these stores:

Save it in Telegram to read later

Reviews

No reviews of this book yet.

Kitoblarim readers

No Kitoblarim reader has rated this book yet. If you've read it, be the first to say what you think.

Editions (2)

Hilol-nashr · 2024

ISBN:
9789910731624
Language:
O'zbek tili
Script:
Kirill
Pages:
400
Binding:
Qattiq
Format:
A5

Read next

Want to know more?

AI can tell you more about this. The answer opens in a new tab, and this page stays open.

Ask AI for more