
O'zbekiston obidalaridagi bitiklar Buxoro 1-jild (O'zb-Rus-Eng)
Bugungi kunda mustaqil O'zbekiston epigrafik yodgorliklarning miqdori va noyobligi bo'yicha Markaziy Osiyoda shubhasiz yetakchi mamlakat sanaladi, bu yodgorliklardagi bitiklarning aksariyati ilgari o'rganilmagan edi. Ijodiy guruh ushbu noyob yozma yodgorliklarni qayd etib, sinchiklab o'rganib, tadqiqotlarining ilk natijalarini «O'zbekiston obidalaridagi bitiklar» ko'p jildli nashrida jamlamoqda. Hozirga qadar ko'hna o'zbek zaminida joylashgan tarixiy obidalardagi bitiklar to'liq o'qib-o'rganilmagan edi. Qadimiy bitiklarni tadqiq etish, ularni o'qish va ma'nolarini aniqlashtirish ishlari uchun yodgorliklarning tarixdagi munosib o'rnini tiklagan davlat mustaqilligi tufayligina ilk marta keng imkoniyatlar yaratildi. Ushbu albomlar turkumi O'zbekiston madaniy merosini saqlash, ilmiy o'rganish va ommalashtirishni davlat siyosati darajasiga ko'targan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning qator tashabbuslariga to'liq mos keladi. Shunday ekan, mazkur albom Prezidentimizning «Yangi O'zbekiston, yangi istiqbollar» siyosatining bir bo'lagi bo'lib, unda O'zbekiston xalqlarining madaniy merosini maqsadli o'rganish va asrab-avaylash mavzusi alohida o'rin tutadi. O'zbekistonning qadimiy shaharlari ichida Buxoro me'moriy yodgorliklari (masjidlar, madrasalar, tabarruk insonlar qabrlari, qadimiy suv omborlari), shuningdek, epigrafik yodgorliklarining ko'pligi bilan ajralib turadi. Viloyatda mingga yaqin me'moriy yodgorlik davlat muhofazasiga olingan. Ushbu albom o'quvchilarni Buxoroning me'moriy va epigrafik merosi bilan tanishtirishda davom etadi. Unga Buxorodagi va qadimiy shahar atrofidagi eng muhim yodgorliklar kiritilgan. Yodgorliklarni tavsiflash va ulardagi yozuvlarni o'qish uchun XIX asr oxiri va XX asr boshlaridagi eski fotosuratlar, shuningdek, yodgorliklardan nusxa ko'chirilgan muzey eksponatlaridan foydalanilgan. Umid qilamizki, ushbu nashr ko'plab o'quvchilar uchun qiziqarli va foydali bo'ladi.
Book details
- Publication year
- 2023
- Original language
- O'zbek tili
552 pages. At 20 pages a day, you'll finish it in about 28 days.
Finish this book in TelegramWhere to get this book
Kitoblarim is a catalogue of books: the book itself, or a PDF of it, isn't here. Look for a print or e-book copy in these stores:
Save it in Telegram to read laterReviews
No reviews of this book yet.
Kitoblarim readers
No Kitoblarim reader has rated this book yet. If you've read it, be the first to say what you think.
Read next

O'zbekiston obidalaridagi bitiklar Qashqadaryo
2016

O'zbekiston obidalaridagi bitiklar Farg'ona
2016

O'zbekiston obidalaridagi bitiklar Andijon
2016

O'zbekiston obidalaridagi bitiklar Navoiy
2016

O'zbekiston obidalaridagi bitiklar Surxandaryo
2016

O'zbekiston obidalaridagi bitiklar Namangan
2016

Главное в истории медицины. Хронология, врачи, ученые, открытия. От операций майя до искусственного интеллекта
Ольга Гиляревская, Сергей Гиляревский · 2025

Краткая история Испании
Джерими Блэк · 2024
Want to know more?
AI can tell you more about this. The answer opens in a new tab, and this page stays open.
Ask AI for more