Kitoblarimcatalogue
Yuragimda sensan

Yuragimda sensan

Sevgi-muhabbat tuyg'usi nafaqat insonning tanasidan, balki uni o'rab turgan olam-tevarakdan kengroq tushuncha. "Muhabbat" deya atalmish tilsimot unga rohat baxsh etish bilan birga xuddi shu kabi og'riq va azoblarga duchor qiladi ham. Bir vaqtning o'zida ham rohatlanish, ham azoblanish... Ishq, sevgi, muhabbat, sog'inch azobi, kutish toqati, uyqusizlik, ruhiyatiga yoqqan musiqani qayta-qayta eshitaverib to'ymaslik, ishqiy sarguzashtga boy kino va sahna ko'rinishlarini hayajon bilan tomosha qilish, bu yo'nalishda mahorati bo'lsa-bo'lmasa surat chizish, she'riy misralar bitish, ishqiy maktublar yozish, qo'shiqlarni xirgoyi qilish, devona-yu telbalarga xos odatlar orttirish… Sanayversa adog'i yo'q... Bunday tashxisi serob “dard”ning yana bir da'vosi — mutolaa… Yaxshi kitob, tanish tuyg'ular tarannumi, ishqiy sarguzashtga boy voqea-hodisalar rivoji haqidagi adabiyotning o'z o'quvchilari bor. Muallif Elzod Sultonovning navbatdagi kitobi “Yuragimda sensan...” deb ataladi. “Yuragimda sensan...” yoxud yurak tomchilari bilan yozilgan badihalar to'plami — Siz kutgan asar! Marhamat, o'qing, nozik tuyg'u tarannumiga bag'ishlangan mazkur nashr Siz aziz kitobxonlar uchun ajoyib tuhfa!

Book details

Publication year
2025
Original language
O'zbek tili

208 pages. At 20 pages a day, you'll finish it in about 11 days.

Finish this book in Telegram

Where to get this book

Kitoblarim is a catalogue of books: the book itself, or a PDF of it, isn't here. Look for a print or e-book copy in these stores:

Save it in Telegram to read later

Reviews

No reviews of this book yet.

Kitoblarim readers

No Kitoblarim reader has rated this book yet. If you've read it, be the first to say what you think.

Read next

Want to know more?

AI can tell you more about this. The answer opens in a new tab, and this page stays open.

Ask AI for more