
Kakku uyasi uzra parvoz
«Kakku uyasi uzra parvoz» romani ilk bor 1962 yilda nashr etilishi bilan jamoatchilikni xuddi atom bombasi portlashidek keskin larzaga soldi. Kitobxon asarni o'qirkan, «kakku uyasi» deganda, ruhiy kasalliklar shifoxonasini, to'g'rirog'i, jinnixonani, “kakku” deganda esa Katta hamshirani tushunadi. Ammo Retched xonim polaponlarini uchirma qilib, erkinlikka qo'yib yuborish orqali «muammodan xalos bo'lish» niyatida emas. Ona kakku toqat qilib bo'lmas darajada itoatsiz va isyonkor, parvozga hamisha shay turgan polaponining erk istab urayotgan yurak zarbalariga go'yoki parvo qilmaydi, uzoq yillar davomida o'rnatgan qattiq tartibni shafqatsizlarcha buzayotgan, boshqalarni ham o'z ortidan ergashtirayotgan bemoridan shafqatsizlarcha o'ch olish fursatini poylaydi. Va o'sha kun ham keladi: parvozning oqibatlari bir insonning hurligiga, ozodligiga, orzulariga, umuman, butun boshli hayotiga yakun yasaydi. Makmyorfini o'lim evaziga ozod bo'ldi, deb aytish mumkinmi? Yo'q. U ma'lum bir cheklangan makonni, o'zining erkinligiga xalaqit qiluvchi, uni bo'g'ib turgan tartibni tark etdi, lekin qalban u hamisha erkin edi. Erksizlikdan ham erk topa olish esa chinakam matonat. Rus tilidan Hasan Teshaboyev tarjimasi Ko'proq ko'rish
Book details
- Publisher
- Zabarjad Media
- Publication year
- 2022
400 pages. At 20 pages a day, you'll finish it in about 20 days.
Finish this book in TelegramWhere to get this book
Kitoblarim is a catalogue of books: the book itself, or a PDF of it, isn't here. Look for a print or e-book copy in these stores:
Save it in Telegram to read laterReviews
No reviews of this book yet.
Kitoblarim readers
No Kitoblarim reader has rated this book yet. If you've read it, be the first to say what you think.
Read next
Want to know more?
AI can tell you more about this. The answer opens in a new tab, and this page stays open.
Ask AI for more






