Kitoblarimcatalogue
Qorakuya

Qorakuya

E'tirof etish kerak, muallif mazkur asarida kundalik hayotimizda hali hanuz oz bo'lsa-da saqlanib qolayotgan eng dolzarb muammolar – rasmiyatchilik, ishga qabul qilish va kadrlarni tanlashdagi tanish-bilish, oshna-og'aynigarchilik, korrupsiya, qolaversa, laganbardorlik, yuzakichilik singari illatlarni qalamga olgan. “U goh yo'ldan ko'z uzib qarab qo'yayotgan bino tomon yuramiz. Bu binoda maktab joylashgan. Bugun odam gavjumligidan biror tadbir borga o'xshaydi. Bir tomonda osh damlanyapti, bir tomonda sumalak qaynayapti. Binoga kirish eshigi yonida olti-yetti nafar o'quvchi qiz turibdi. Havoning sovuqligiga qaramay atlas ko'ylak-lozim kiyib olgan qizlar dir-dir titrashardi. Atrofdagilar esa – o'qituvchilar, mahalla faollari – kurtkayu paltolarining tugmalarini oxirigacha qadab olib, nimalarnidir muhokama qilishyapti... Eshik yonida saflanib turgan qizlardan biri yo'taldi. Direktor bir seskanib unga qararkan, o'qituvchilardan biriga: “Bu qizga bir piyola issiq choy bering, ichiga issiq kiradi”, – deya tayinladi. Qo'lini ko'ksiga qo'yib “xo'p”lagan o'qituvchi ayol yonidagilarga eshittirib: “Elektr yo'q hali, tadbir boshlanishiga kelsa ham katta gap, shuning uchun issiq choy ham yo'q. O'zi elektrosetdagilarga bugun maktabimizda tadbir bo'lishi, kattakonlar kelishi aytilganmi?” – dedi. “Aytilgan”, – deb javob berdi yonidagi bir o'qituvchi jerkish ohangida”.

Book details

Publisher
Akademnashr
Publication year
2024
Original language
O'zbek tili

128 pages. At 20 pages a day, you'll finish it in about 7 days.

Finish this book in Telegram

Where to get this book

Kitoblarim is a catalogue of books: the book itself, or a PDF of it, isn't here. Look for a print or e-book copy in these stores:

Save it in Telegram to read later

Reviews

No reviews of this book yet.

Kitoblarim readers

No Kitoblarim reader has rated this book yet. If you've read it, be the first to say what you think.

Read next

Want to know more?

AI can tell you more about this. The answer opens in a new tab, and this page stays open.

Ask AI for more