Kitoblarimcatalogue
Back to books
Bahodir Bahrom: Gulimoh

Bahodir Bahrom: Gulimoh

Ko'zmunchoq! Tilimizda shunday samimiy so'z bor. Ota-bobolarimizning ko'zga yaqin, kelishgan farzand-u nabiralariga qarata aytiladigan “Ko'z tegmasin” iborasini ko'p eshitganmiz. Ehtimol, shu so'zdan ilhomlanib O'zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid ham kitoblaridan birini “So'zmunchoq” deb nomlagandir. Adabiyotimizda ham ana shunday o'sib kelayotgan ko'rkam nihollarning bog'ga aylangulik bo'yi bor. Bu bog'larning hosili mo'l bo'lishini niyat qilib, bir turkum kitoblarni “So'zmunchoq” rukni ostida nashr etishni reja qildik. Shoir Bahodir Bahromning “Gulimoh” nomli she'riy to'plami o'zining betakror ruhi va latofati bilan o'quvchini o'ziga rom etadi. To'plamda shoir tug'ilib o'sgan ko'hna Palangdara qishlog'i, uning tengsiz tabiati, teran qadriyatlari va el urf-odatlari betakror so'z chizgilarida ifoda etiladi. Ijodkorning she'rlarida tabiat manzaralari, bolalik xotiralari, ona zaminga bo'lgan beqiyos mehr va sadoqat, muhabbat va javobsiz izhorlar samimiy obrazlarda aks etadi. Shoirning nozik tuyg'ulari, xalqona qochirimlari hamda o'ziga xos musiqiy ohangi o'quvchini hayratga sola oladi. “Gulimoh” – chin ma'noda inson qalbining hissiyotlar bilan so'zlashuvi, ruhiy uyg'onish jarayonidir. O'ylaymizki, she'riyatni, so'z mo'jizalarini qadrlaydigan har bir o'quvchi uchun ushbu to'plam munosib sovg'a bo'la oladi.

Book details

Publisher
Adabiyot
Publication year
2025
Original language
O'zbek tili

160 pages. At 20 pages a day, you'll finish it in about 8 days.

Finish this book in Telegram

Where to get this book

Kitoblarim is a catalogue of books: the book itself, or a PDF of it, isn't here. Look for a print or e-book copy in these stores:

Save it in Telegram to read later

Reviews

No reviews of this book yet.

Kitoblarim readers

No Kitoblarim reader has rated this book yet. If you've read it, be the first to say what you think.

Read next

Want to know more?

AI can tell you more about this. The answer opens in a new tab, and this page stays open.

Ask AI for more