Kitoblarimcatalogue
Temur tuzuklari

Temur tuzuklari

Amir Temur shaxsini idrok etish – tarixni idrok etish demakdir. Amir Temurni anglash – o'zligimizni anglash demakdir. Amir Temurni ulug'lash – tarix qa'riga chuqur ildiz otgan tomirlarimizga, madaniyatimizga, qudratimizga asoslanib, buyuk kelajagimizni, ishonchimizni mustahkamlash demakdir. Bu haqda gapirganda, Amir Temurning davlatchilik va diplomatiya, harbiy mahorat, bunyodkorlik salohiyati, ilm-u fan, san'at va me'morchilikka oid qarashlari, hayotning ma'no-mazmuni, insonni ulug'laydigan ezgu ishlar haqida bildirgan fikrlari, din-u diyonat va adolatni joyiga qo'yish, saltanat ishlarini kengash va tadbir asosida amalga oshirish, har bir masalada uzoqni ko'zlab, el manfaatini o'ylab ish tutish bilan bog'liq ibratli fazilatlarini alohida ta'kidlash o'rinlidir. Aynan mana shunday masalalar Sohibqiron tafakkurining mahsuli bo'lgan «Temur tuzuklari» asarida har tomonlama aniq, ishonarli va ta'sirchan tarzda yoritilgan, desak, haqiqatni aytgan bo'lamiz.

Book details

Publication year
2025
Original language
O'zbek tili

160 pages. At 20 pages a day, you'll finish it in about 8 days.

Finish this book in Telegram

Where to get this book

Kitoblarim is a catalogue of books: the book itself, or a PDF of it, isn't here. Look for a print or e-book copy in these stores:

Save it in Telegram to read later

Reviews

No reviews of this book yet.

Kitoblarim readers

No Kitoblarim reader has rated this book yet. If you've read it, be the first to say what you think.

Read next

Want to know more?

AI can tell you more about this. The answer opens in a new tab, and this page stays open.

Ask AI for more