
Uch og'ayni
«Uch og'ayni» romani rus tilida birinchi marta chop etilishi bilanoq katta shov-shuvga sabab bo'ldi, kitob ketma-ket millionlab nusxada nashr etildi. Shunda ham talabni qondirib bo'lmadi. Odamlar romanni bir-birlaridan so'rab olib o'qishga kirishdilar. Kutilmaganda rasmiy doiralar, kommunistik mafkura himoyachilarining paytavasiga qurt tushib qoldi. Ular Remarkni g'oyasizlikda ayblab, uning ijodiga shiddat bilan tosh ota boshladilar. Hatto «remarkchilik» degan mash'um atama ham paydo bo'ldi. Bu sharpa O'zbekistonga ham yetib keldi. Ayrim tanqidchi va yozuvchilarimiz, bizga Remark asarlari kerak emas, bu asarlar kommunizm qurayotgan yoshlarimizni yo'ldan ozdiradi, deb g'avg'o ko'tara boshladilar. Shu tufayli uning asarlarini o'zbek tiliga tarjima qilishga hech kim jur'at etmadi. Oradan qirq yil vaqt o'tdi. Mana, nihoyat, shu kunlarga ham yetib keldik. Tarixning qudratli va qaysar charxpalagi o'z ishini qildi... Endi, sizga taqdim etilayotgan «Uch og'ayni» romaniga kelsak, asar qahramonlari jamiyatda biror lavozim yoki nufuzga ega bo'lmagan «mayda» odamlar. Ammo ularning ham faylasuf olimlar va nazariyotchilarnikiga o'xshamaydigan o'z falsafalari va o'z mantiqlari bor. Qizig'i shundaki, biz ularning fikr-mulohazalari yoki xatti-harakatlariga e'tiroz bildirolmaymiz, aksincha, asarni o'qish jarayonida jamiyat chetga surib tashlagan bu oddiy odamlarga hurmatimiz ortib boradi. Ko'proq ko'rish
Book details
- Publisher
- Yangi Asr Avlodi
- Publication year
- 2024
- Original language
- O'zbek tili
512 pages. At 20 pages a day, you'll finish it in about 26 days.
Finish this book in TelegramWhere to get this book
Kitoblarim is a catalogue of books: the book itself, or a PDF of it, isn't here. Look for a print or e-book copy in these stores:
Save it in Telegram to read laterReviews
No reviews of this book yet.
Kitoblarim readers
No Kitoblarim reader has rated this book yet. If you've read it, be the first to say what you think.
Read next

G'arbiy frontda o'zgarish yo'q
Erix Mariya Remark · 2022

Qarzga olingan umr
Erix Mariya Remark · 2023

Jannatdagi soyalar
Erix Mariya Remark · 2022

Iztirob
Rashod Nuri Guntekin · 2019
ЭК: Жизнь взаймы, или у неба любимчиков нет
Erix Mariya Remark
ЭК: Возлюби ближнего своево
Erix Mariya Remark
ЭК: Триумфальная арка
Erix Mariya Remark
Земля обетованная
Erix Mariya Remark · 2021