Kitoblarimcatalogue
Ilon o'chi

Ilon o'chi

Mirmuhsin ijodiga befarq bo'lmagan o'zbek kitobxonlari ko'p oramizda. E'tiboringizga havola etilayotgan 45 hikoyadan iborat «Ilon o'chi» romani adib ijodining go'zal namunasi, gultoji desak, adashmaymiz. Mirmuhsin ushbu asariga nega ramziy nom berdi? Odamlar orasida shunday toifa borki, ular “inson” degan sharafga munosib emaslar. xatti-harakatlari, gap-so'zlari orqali odamlar qalbini, kerak bo'lsa, hayotini tamoman izdan chiqargan, birovga yomonlik qilmasa turolmaydigan qahramonlarini yozuvchi ana shunday ataydi. «Ilon o'chi» faqat insonlar taqdiridan hikoya qiluvchi asar bo'libgina qolmay, unda xalqning asriy muammolari ham qalamga olingan: tilimizning qadr-qimmati, ajdodlarimizning tarix cahnasidagi munosib o'rni, oila sha'ni, er va ayol o'rtasidagi muhabbatni mustahkamlovchi rishtalar, sevgining inson hayotidagi hal qiluvchi roli haqidagi jiddiy mulohazalar kitobxonni o'yga toldiradi. Romanda ko'tarilgan muammolar ayni bugunning ham bosh mavzusi bo'lib qolayotgani o'zini shu zaminning chin farzandi deb bilgan har bir uyg'oq qalbli insonni hushyor torttiradi. Ko'proq ko'rish

Book details

Publication year
2021
Original language
O'zbek tili

368 pages. At 20 minutes a day, you'll finish it in about 19 days.

Finish this book in Telegram

Where to get this book

Kitoblarim is a catalogue of books: the book itself, or a PDF of it, isn't here. Look for a print or e-book copy in these stores:

Save it in Telegram to read later

Reviews

No reviews of this book yet.

Kitoblarim readers

No Kitoblarim reader has rated this book yet. If you've read it, be the first to say what you think.

Read next