Kitoblarimcatalogue
Back to books
Fahriddin Hayit: Tong tushlari

Fahriddin Hayit: Tong tushlari

Har bir insonning barmog'idagi chiziqlar o'ziga xos bo'lib, bir-biriga o'xshashi uchramas ekan. Dunyoda shoirlar ham ko'p, sevib o'qiydigan, dilda takrorlab yuradigan she'rlar ham talaygina. Ular bir-biridan ayro ko'ngillarga nur kabi iliqlik olib kiradi. halovat, taskin baxsh etadi. Har bir shoirning o'z salohiyati, o'z mavzusi, o'z uslubi bor. Shu bois, so'z turfa ranglarda jilolanib, uning jozibasi qalblarni mavjlantirib turadi. She'rni o'qigan sayin o'qiging kelaveradi. Faxriddin Hayitning "Tong tushlari" nomli yangi to'plamidan joy olgan she'rlarida inson olamining turfa timsolini ruhan anglagandek bo'lasiz. Goh jo'shqin, goh hazin, goh isyonli, goh sokin hissiyotlar bilan qalb manzillariga yetasiz. Manzaralar, go'zal tashbehlar, sevgi va sog'inch, Vatan va tasavvur, ma'no va ruhiyat, hayot va erk, halovat va iztirob kabi ko'ngil kechinmalari misralarda o'z aksini topgan. Har bir she'rda shoir o'z qarashlarini, o'zi topgan yechim va xulosalarini to'la-to'kis berishga intilgan. O'zi anglagan dunyoni ko'rsatib bera olgan. O'ylaymizki, ijodkorning she'rlari Siz aziz o'quvchining ko'ngil mulkingizga aylanadi.

Book details

Publisher
Adabiyot
Publication year
2021
Original language
O'zbek tili

192 pages. At 20 pages a day, you'll finish it in about 10 days.

Finish this book in Telegram

Where to get this book

Kitoblarim is a catalogue of books: the book itself, or a PDF of it, isn't here. Look for a print or e-book copy in these stores:

Save it in Telegram to read later

Reviews

No reviews of this book yet.

Kitoblarim readers

No Kitoblarim reader has rated this book yet. If you've read it, be the first to say what you think.

Read next

Want to know more?

AI can tell you more about this. The answer opens in a new tab, and this page stays open.

Ask AI for more