Kitoblarimcatalogue
Back to books
Tarixni O'zgartirgan Mutafakkirlar

Tarixni O'zgartirgan Mutafakkirlar

«Tarixni o'zgartirgan mutafakkirlar» (30 ta kitob) Kichik do'stim! Qo'lingdagi oddiy kitob emas. U bir chiptadir. Qayerga deysanmi? Ortga. Vaqt bo'ylab sayohatga. Insoniyat tarixini o'zgartirgan insonlarning yoniga. O'zbekiston tarixida ilk bor nashr etilayotgan 30 kitoblik bu xazina seni ular bilan yuzma-yuz uchrashtiradi. Bir o'ylab ko'r. Mirzo Ulug'bek osmonga ilk bor qaraganida necha yoshda edi? Farg'oniy yulduzlarni sanayotganda nimalarni his qilgandi? Nyutonning boshiga olma tushganda nima bo'ldi? Balki, sen ham: «Koshki, binolar raqsga tushsa», - deb xayol surayotgandirsan xuddi Zaha Hadid kabi. Bu kitoblar senga bir sirni shivirlaydi: «Ular ham bir vaqtlar bola edi. Xuddi sen kabi». Ibn Sino bilan tibbiyotning sirli olamiga sayohat qilasan. Stiv Jobs bilan texnologiya cho'qqisiga chiqasan. Alisher Navoiy bilan so'z ummonida suzasan. O'zimizning Solijon Sharipov bilan koinotga uchasan. Bu qahramonlar turli qiyinchiliklarga duch kelishdi. Ammo taslim bo'lishmadi. Qalbiga quloq solishdi. Chunki sening kim bo'lishingni eng yaxshi biladigan narsa o'z qalbingdir. Bu kitoblardagi qahramonlar avval o'zlarini o'zgartirishdi. Keyin esa dunyoni. Biz bu turkumni sening ko'zlaringdagi uchqunni alangaga aylantirish uchun yaratdik. Balki, o'ttiz birinchi kitobning qahramoni sen bo'larsan. Ajab emas. O'qi. O'rgan. Xayol sur. Aslo to'xtama. Dunyo sening kashfiyotlaringni kutyapti. Tayyormisan? Unda sahifalarni varaqla. Tarixning eng yorqin yulduzlari bilan tanishishni boshla.

Book details

Publisher
Arxetip
Publication year
2026
Original language
O'zbek tili
Finish this book in Telegram

Where to get this book

Kitoblarim is a catalogue of books: the book itself, or a PDF of it, isn't here. Look for a print or e-book copy in these stores:

Reviews

No reviews of this book yet.

Kitoblarim readers

No Kitoblarim reader has rated this book yet. If you've read it, be the first to say what you think.

Read next

Want to know more?

AI can tell you more about this. The answer opens in a new tab, and this page stays open.

Ask AI for more