Kitoblarimcatalogue
Soya o'g'risi

Soya o'g'risi

Bolaligida u uchratgan insonlarining soyalarini o'g'irlaydi ... va bu soyalarning har biri unga egasining sirlarini aytib beradi. U soyalardan insonlarning orzularini, umidlarini va qayg'ularini eshitadi. Bu g'alati qobiliyat bilan nima qilish kerak ...? Bir necha yil o'tgach, “soya o'g'risi” tibbiyot fakulteti talabasi bo'ldi ... U kursdosh qiz Sofi yoki eng yaqin do'sti Luyk kabi yaqinlarini nima xursand qilishi mumkinligini hali ham taxmin qila oladimi? Ular hayotini o'zgartirishi uchun nima qilishlari kerak? Va ularni baxt qayerda kutayotganini u biladimi? Bu sevgi haqida asar. Onaning sevgisi. Unutilmas birinchi sevgi. Yakuniga yetayotgan sevgi... Bir umrlik do'stlik... Soya o'g'risi samimiy sevgi hikoyasidir. Muallif haqida 18 yoshidan Qizil Xoch jamiyatida ishlab boshlagan va u yerda 6 yil umrini o'tkazgan Mark Levi boy hayotiy tajribaga ega yozuvchidir. Jamiyatdagi faoliyatidan so'ng Mark Fransiya va Qo'shma Shtatlarda kompyuter grafikasiga ixtisoslashgan kompaniyani yaratadi. Undan so'ng u arxitektura firmasini boshqargan. 2000 yilda Mark Levi o'zining “Agar rost bo'lsa-chi” deb nomlangan birinchi romanini nashr etdi ... Shundan so'ng muvaffaqiyatga boy yillar boshlandi. Yigirma yil davomida u adib sifatida million muxlislarga ega bo'ldi. Uning kitoblari 49 tilga tarjima qilingan, 50 million nusxada sotilgan, ular asosida kinolar suratga olingan. Bugungi kunda Mark Levi dunyodagi eng ko'p o'qiladigan zamonaviy fransuz yozuvchi hisoblanadi. Matbuot ushbu kitob haqida Paris Match: " Mark Levining eng ta'sirli romani" Le Parisien: "Ta'sirchan, aqlli va o'ziga xos, bu asar sizning ichgi tolalaringizgacha ta'sir qiladi va sizni bugungi Robin Gudlar haqida xayol surishga undaydi". New York Times: "Shunchaki ajoyib". Beijing Youth Daily (Xitoy): " Buyuk yozuvchilar kundalik hayotdan ajoyib hikoyalar yaratishlari bilan muvaffaqiyat qozonishadi, chunki kundalik tajriba va his-tuyg'ularni ifodalash qiyin. Mark Levi haqiqatan ham buyuk yozuvchi".

Book details

Publisher
Yosh Kuch
Publication year
2021
Original language
O'zbek tili

208 pages. At 20 pages a day, you'll finish it in about 11 days.

Finish this book in Telegram

Where to get this book

Kitoblarim is a catalogue of books: the book itself, or a PDF of it, isn't here. Look for a print or e-book copy in these stores:

Save it in Telegram to read later

Reviews

No reviews of this book yet.

Kitoblarim readers

No Kitoblarim reader has rated this book yet. If you've read it, be the first to say what you think.

Read next

Want to know more?

AI can tell you more about this. The answer opens in a new tab, and this page stays open.

Ask AI for more