Kitoblarimcatalogue
Qon hidi

Qon hidi

Otasi va ukasining urushdan nogiron bo'lib qaytgani, so'ng onasining paxta maydoniga sepilgan zaharli doridan oq qon kasaliga chalinib vafot etishi yuragida ulkan bo'shliq paydo qilgan inson bor dardini, iztirobini qog'ozga to'kdi. Qahramonlari unga og'riqli kunlarida duch keldi, bir-birlarining yaxshiyu yomon kunida hamnafas, hamdard bo'ldi. So'ng­gida esa... ularning hammasini yo'qotdi. Afg'on tuprog'ida jon olib jon bergan minglab vatan o'g'lonlarining, achchiq qismat egalarining taqdiri haqida bitilgan kitob – “Qon hidi” romani shu tarzda dunyoga keldi. Yelkasiga sharaf yukini ortib jangga kirganu so'nggida o'zlarining keraksiz buyumdek tashlandiq kimsalarga aylanganini tushunganida ming afsus... ular ancha ulg'ayib qolgan edilar. Ammo yashash kerak edi... Qanday qilib?! Yurakda shunchalar zalvorli yukni ko'tarib yashab bo'ladimi? Muallif asari orqali ko'proq jang sahnalariga emas, aksincha o'zi kabi baxtsiz, o'zi kabi yolg'iz taqdirdoshlarining ichki olamiga, ruhiyatiga e'tibor qaratdi. Kitobga esa ushbu so'zlar bilan yakun yasadi: “So'nggi paytlarda “Hayotning mazmunsiz yo'lida “yashash” nomli kasallik bilan umrguzaronlik qilishdan ne foyda”, degan o'y bot-bot xayolimga keladi. Lekin yashayapman! Ammo bir kun kelib ular bilan uchrashishim tayinligini eslab, ko'ngilda yorug' umidlar paydo bo'ladi. O'sha “qayg'usiz kun”da uchrashguncha, mendan oldin ketgan do'stlarim!..”

Book details

Publication year
2020
Original language
O'zbek tili

400 pages. At 20 pages a day, you'll finish it in about 20 days.

Finish this book in Telegram

Where to get this book

Kitoblarim is a catalogue of books: the book itself, or a PDF of it, isn't here. Look for a print or e-book copy in these stores:

Save it in Telegram to read later

Reviews

No reviews of this book yet.

Kitoblarim readers

No Kitoblarim reader has rated this book yet. If you've read it, be the first to say what you think.

Editions (2)

Zabarjad Media · 2020

Language:
O'zbek tili
Script:
Kirill
Pages:
400
Binding:
Qattiq
Format:
A5

Read next

Want to know more?

AI can tell you more about this. The answer opens in a new tab, and this page stays open.

Ask AI for more