Kitoblarimcatalogue
O'lim o'pqoni

O'lim o'pqoni

Temurpo'lat Tillayevni bugungi kitobxonlarning ko'pi yaxshi tanimaydi, yozganlarini ham ko'pchilik o'qimagan. Ehtimol, markazdan uzoqda yashab, ijod qilish bunga sababdir... Biroq yozgan birgina asari bilan ahli ijod nazariga tushib, yana o'ttizga yetib-yetmay sobiq Ittifoq Yozuvchilar uyushmasiga a'zo bo'lish hazil gap emasdi. Qo'lingizdagi kitobda adibning ikki asari kiritilgan.<<Voris>>-xasis, pul va boylikdan boshqasi qulog'iga kirmaydigan, odamiylik, chin insonlik xislatlarini tan olmaydigan Chala otlig' ota va uning butunlay ziddi-tiriklik, hayot ta'nisi faqat moddiyatga bog'liq, emasligini allaqachonlar anglagan o'smir o'g'il haqidagi qissa. Mutolaa chog'i hayotda ne muhim va nima ikkinchi darajali ekanini beixtiyor fahmlaysiz. "Voris" shunchaki merosxo'r, otaning pulparast ko'ngliga bo'ysunadigan davomchi emas. Sirayam! U qadri pasayayotgan mehr, narxi bebaho shafqat, fazilatlar vorisidir. "O'lim o'pqoni" qissasi esa o'zbek adabiyotiga jahon adabiyotining an'analarini dadil olib kirdi. Inson botinidagi "Choh"ning naqadar chuqurligi haqida bizni ogohlantirdi. Hech kim ko'rmayotgan chohning borligini isbotlash uchun Turon - aslida, endi ulg'aygan O'lmas - xuddi iso Masih o'z ixtiyori bilan chortixga borgani kabi, o'zini shu chohga qurbon qildi. Agar jahon adabiyotidan tuzikkina xabardor bo'lsangiz, "O'lim o'pqoni"dagi xulosa, maqsadni ham ravshan anglaysiz. Biz shunchaki yashamaymiz, balki ma'no sabab umrguzaronlik qilamiz. Ma'no esa moddiyat, boylikda emas, bil'ask, o'zlikni topish, ko'ngil to'lmasligida. Mana, asosiy gap qayerda. "O'lim o'pqoni" va "Voris" qissalarini o'qish asnosi ularning ikki so'qmoqqa tegishli ekani, lekin borib-borib yo'llari tutashishi, muddao yakdilligi kundek oydinlashadi. Sizga mutolaa lazzati, fikrlash baxti, tafakkur kengligini tilaymiz.

Book details

Publisher
Akademnashr
Publication year
2021
Original language
O'zbek tili

134 pages. At 20 pages a day, you'll finish it in about 7 days.

Finish this book in Telegram

Where to get this book

Kitoblarim is a catalogue of books: the book itself, or a PDF of it, isn't here. Look for a print or e-book copy in these stores:

Save it in Telegram to read later

Reviews

No reviews of this book yet.

Kitoblarim readers

No Kitoblarim reader has rated this book yet. If you've read it, be the first to say what you think.

Read next

Want to know more?

AI can tell you more about this. The answer opens in a new tab, and this page stays open.

Ask AI for more