
Anna Frank kundaligi
«Anna Frank kundaligi» - jahon adabiyotidagi eng mashhur kundalik-asarlardan biri bo'lib, unda yosh yahudiy qiz - Annaning Ikkinchi Jahon urushi davrida o'tgan ikki yillik yashirinishdagi hayoti tasvirlangan. Anna va uning oilasini konsentratsion lagerga olib ketishganida, ushbu vayronkor davrlarni hikoya qiluvchi kundalik maxfiy boshpanada qoladi. Uni esa oilaning eng yaqin do'sti Mip Giz asrab qo'yadi va keyinchalik Holokostdan tirik qolgan yagona oila a'zosi, Annaning otasi Otto Frankka topshiradi. Otto uni tahrir qiladi va kundalik 1947 yilda ilk bor golland tilida kitobxonlar qo'liga yetib boradi va keyinchalik eng ko'p tarjima qilingan bestseller asarga aylanadi. «Anna Frank kundaligi» shu paytgacha yetmishdan ortiq tillarga tarjima qilingan va o'ttiz milliondan ortiq nusxada chop etilgan. Shuningdek, ushbu kitob jahon adabiyotida “Injil”dan keyin eng ko'p mutolaa qilingan nobadiiy asar hisoblanadi. «Anna Frank kundaligi» juda ko'plab nashrlar tomonidan XX asrning eng yaxshi kitoblari o'nligida e'tirof etilgan. Ushbu kundalik asosida bir necha sahna asarlari va filmlar suratga olingan. Anna yashiringan uy esa 1960 yilda uning nomidagi muzeyga aylantirilgan. Kitob maktub holida yozilgan bo'lib, unda o'smir qiz Annaning ichki kechinmalari, dunyoga qanday nazar bilan boqishi aks etadi. Kitobni o'qir ekansiz, qanday qilib sho'x-shodon, o'zini gapirishdan tiyolmaydigan qizaloqning ikki yil davomida tashqi dunyodan yiroqda, o'z tuyg'ulari og'ushida hayot kechirganini bilib olasiz. Kundalikka Kitti deya nom bergan Anna, uni eng yaqin do'sti sifatida qabul qiladi va bor o'y-hayollarini u bilan bo'lishadi. Bu kitob sizga Ikkinchi jahon urushi davrida qirg'inga uchragan yahudiylar hayotini, ularga qanchalik og'ir bo'lganini, yosh Anna, buyuk yozuvchi bo'lishni orzu qilgan qiz nigohi bilan ko'rish imkonini beradi. Dastavval Anna kundaligini faqat o'zi uchun yozgan,1944 yilning bahorida esa kutilmaganda radioda Niderlandiya ta'lim vaziri Bolkenshteynning bir e'lonini eshitib qolgan. Vazir niderlandlarning okkupatsiya paytidagi barcha daliliy hujjatlari milliy mulkga aylanishi lozimligini ta'kidlagan. Uning so'zlaridan ta'sirlangan Anna urush nihoyasiga yetganidan keyin o'z kundaligi asosida kitob nashr etishga qaror qilgan hamda ba'zi joylarini qayta yoza boshlagan, nimalarnidir o'zgartirgan, o'ziga qiziq tuyilmagan qismlarini olib tashlab, yangilarini qo'shgan. Kundalikning ikkinchi, qayta ishlangan nusxasida Anna barcha qahramonlarga, shu jumladan, o'ziga ham maxsus taxalluslar o'ylab topgan. Dastlabki nashrda Otto Frank oila a'zolarining haqiqiy ismlarini qoldirib, qolgan taxalluslarni qisman saqlab qolgan. Keyingi nashrlarda haqiqiy ismlar oshkor qilingan, taxalluslardan faqat Albert Dyussel, Augusta, Hermann va Piter Van Daanlar saqlab qolingan. Ularning haqiqiy ismlari quyida keltirilgan. Van Pelslar oilasi: Augusta, Herman va Piter Van Pelslar bu kitobda Petronella, Herman va Piter Van Daan sifatida tasvirlangan. Fritz Pfeffer esa Albert Dyussel taxallusi ostida taqdim etilgan.
Book details
- Publisher
- IRead.uz
- Publication year
- 2021
- Original language
- O'zbek tili
320 pages. At 20 pages a day, you'll finish it in about 16 days.
Finish this book in TelegramWhere to get this book
Kitoblarim is a catalogue of books: the book itself, or a PDF of it, isn't here. Look for a print or e-book copy in these stores:
Save it in Telegram to read laterReviews
No reviews of this book yet.
Kitoblarim readers
No Kitoblarim reader has rated this book yet. If you've read it, be the first to say what you think.
Read next

G'arbiy frontda o'zgarish yo'q
Erix Mariya Remark · 2022

Iztirob
Rashod Nuri Guntekin · 2019

Archangel (used)
Robert Harris · 1999

The Mermaids Singing (used)
Val McDermid · 1999

Crisis Four
Andy McNab · 2000

Mockingjay (used)
Suzanne Collins · 2011

The Workhouse Girl (used)
Dilly Court · 2013

Bec
Darren Shan · 2007
Want to know more?
AI can tell you more about this. The answer opens in a new tab, and this page stays open.
Ask AI for more