Ushbu kitobni qo'lga olganingizga qaraganda, siz ham farzandi va uning kelajagi uchun tashvishlangan, shu sababli nima qilish lozimligini surishtirgan, izlanuvchan, qiziquvchan ota-onasiz. Avvalo, ushbu masalada biror yechim bormikan deya chora izlaganingiz bilan sizni tabriklaymiz. Ushbu kitob ota-onalik vazifangizni mukammal ado etishda yordamchingiz bo'lishini tilab qolamiz.