
Haruki Murakami: Tun zulmati ortida
Yirik shahar megapolisda yarim tun. Son-sanoqsiz odamlar bir joyga yig'ilgan "arilar uyasi", osmono'par imoratlar, yaltir-yultur reklama, turnaqator ulovlar, ilonizi asfalt yo'l-u temir yo'llar, chang-u g'ubor, shovqin-suron bari qorishib, chatishib ketgan olachipor makondagi kunduzgi yugur-yugur-u, g'imir-g'imir tinib, qorong'i tushgach, atrofga g'alati, sirli sokinlik cho'kadi. Yapon adibi Haruki Murakami qahramonlari yoshgina yigit va qizlar - olatasir, talato'p muhitga ko'nikolmagan, millionlar shahridagi yolg'iz qalblar shu zimistonda ko'cha kezib, suhbat qurib, dardlashib, o'zlarini qiynagan, uyqu bermagan savollarga javob topishga, zohiriy, botiniy chigallarni yechishga intilishadi. Mehr-oqibat, zulm-u zo'ravonlik, befarqlik, sabr-toqat, ro'yo va chin qorishiq tun pardasi ostida katta shahardagi kichik odamlar taqdiri, o'y-xayollari, orzu-armoniga sherik bo'larkansiz, yorug'lig-u, zulmatning ham turfa tusda, rangda, shamoyilda namoyon bo'lishidan hayratlanasiz.
Kitob haqida
- Nashriyot
- Yangi Asr Avlodi
- Nashr yili
- 2025
176 bet. Kuniga 20 bet oʻqisangiz, taxminan 9 kunda tugatasiz.
Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqingKitobni qayerdan topish mumkin
Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:
Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlangTaqrizlar
Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.
Kitoblarim oʻquvchilari
Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.
Keyingi oʻqish uchun

Raqamli qal'a
Den Braun · 2019

Haruki Murakami: Norveg o'rmoni
Xaruki Murakami · 2025

Убийство Командора. Книга 2. Ускользающая метафора (оригинал)
Xaruki Murakami · 2019

Haruki Murakami: Pinbol 1973
Xaruki Murakami · 2026

Харуки Мураками. Бесцветный Цкуру Тадзаки и годы его странствий
Xaruki Murakami · 2026

Shamol qo'shig'ini tingla
Xaruki Murakami · 2026

Харуки Мураками. Бесцветный Цкуру Тадзаки и годы его странствий (Мягкая)
Xaruki Murakami · 2025

Слушай песню ветра. Пинбол 1973
Xaruki Murakami · 2025
Yana bilmoqchimisiz?
Sunʼiy intellekt bu haqda kengroq maʼlumot beradi. Javob yangi oynada ochiladi, bu sahifa ochiq qoladi.
AIʼdan batafsil soʻrash