
Bolalar muvaffaqiyatga qanday erishadi
* Bolalar muvaffaqiyatga erishish jasoratini qanday yo'qotadilar? * Genlar bolalar muvaffaqiyatiga qay darajada ta'sir ko'rsatadi? * Kompyuter o'yinlarining darslarni o'zlashtirishga ta'siri qanday? * Bosh farzandlar doim muvaffaqiyat qozonadilarmi? * Pul mukofoti baholarga qanday ta'sir ko'rsatadi? * Tug'ilgan oyning muvaffaqiyatga ta'siri qanday? * Ismlar ham karyeraga ta'sir qiladi(mi?) * Qizlar ko'proq muvaffaqiyatga erishadimi yoki o'g'il bolalar? * Uddaburon bolalar to'qchilikdan yetishib chiqadimi yoki yo'qchilikdan? Insoniyat asrlar davomida eski savolga yangi javoblar izlamoqda: «Bolalarni muvaffaqiyat qozonishga qanday o'rgatish mumkin?» Muvaffaqiyat haqidagi kitoblari 3 million o'quvchiga yetib borgan Mo'min Sekman hamda Kolumbiya universitetida «Iqtidorli iste'dodlarni tayyorlash» mavzusida dissertatsiya yoqlagan Dr. Bahar Erish bolalarni muvaffaqiyatga erishishlarini rivojlantirish yo'lida bilimlarini birlashtirdilar. Ular bolalar muvaffaqiyatiga qiziqqan har bir kishi, ayniqsa, ota-onalar va o'qituvchilar foydalanishi mumkin bo'lgan yangi va foydali usullarni taqdim qildilar. Bu oilaviy muvaffaqiyat kitobidir. Muvaffaqiyatli bola tarbiyasi fanining keng qamrovli va foydali xulosasidir. Uning zamirida ajoyib izlanish yotadi: «Bola qanday qilib o'z salohiyati bilan eng yuqori muvaffaqiyatga erishadi?» «Menda turmush qurishdan oldin bola tarbiyalash haqida oltita nazariya bor edi. Hozir mening olti farzandim bor, ammo hech qanday nazariya yo'q!» degan edi shoir Jon Uilmot. Bolaning rivojlanishi bo'yicha yozuvchi Adel Faber quyidagilarni e'tirof etgandi: «O'z farzandlarim bo'lishidan oldin men ajoyib ona edim!» Bu kitob bolalar muvaffaqiyati haqidagi eng dolzarb savollarga keyingi avlodning ilmiy javoblarini havola etadi.
Kitob haqida
- Nashriyot
- Yangi Asr Avlodi
- Nashr yili
- 2022
320 bet. Kuniga 20 bet oʻqisangiz, taxminan 16 kunda tugatasiz.
Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqingKitobni qayerdan topish mumkin
Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:
Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlangTaqrizlar
Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.
Kitoblarim oʻquvchilari
Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.
Keyingi oʻqish uchun

Ona tarbiyasi (maktabdan tashqari o'qish)
Aziz Nesin · 2019

Bolalar muvaffaqiyatga qanday erishadi 2
Mo'min Sekman, Dr. Bahar Erish · 2023

The Mermaids Singing (used)
Val McDermid · 1999

Как стать счастливым, ничего не делая, или Мой грандиозный план жизни
Пани Бука · 2018

Dead Souls (used)
Ian Rankin · 1999

Let it bleed (white cover)
Ian Rankin · 1996

Witch Hunt (used)
Ian Rankin · 2000

SUMO. Заткнись и делай
Пол Макги · 2016
Yana bilmoqchimisiz?
Sunʼiy intellekt bu haqda kengroq maʼlumot beradi. Javob yangi oynada ochiladi, bu sahifa ochiq qoladi.
AIʼdan batafsil soʻrash