Kitoblarimkatalog
Kitoblarga qaytish
Xaloskor sulton Sayfiddin Qutuz

Xaloskor sulton Sayfiddin Qutuz

Necha mingyillik urush - mo'g'ullar istibdodiga qarshi ozodlik hurlik harakati Jaloliddin Manguberdining bemisl jasorati bilan yakun topgan emas. Tarix qatida yashirin sirlar shu qadar ko'pki, vaqti kelib Manguberdining jiyani - mamlukiy Misr taxtini egallagan Mahmud ibn Mamdud Sayfiddin Qutuz 1260 yili Ayn Jolut yonidagi jangda mo'g'ul lashkarini tamom yer tishlatib, ularning Islom yurtlariga bundan keyingi yurishlariga amalda barham berdi. Chingizxon bosqini sabab uzoq ellarda darbadar, qul bo'lib, keyinchalik shohlik taxtigacha bo'lgan yo'lni bosib o'tgan xonzoda Sayfiddin Qutuz haqidagi asar o'tmishning qop-qora, sertalotum, dolg'ali kunlaridan hikoya qiladi. Misr taxtida to'liq bir yil ham o'tirmasdan butun arab o'lkalarini mo'g'ul istibdodidan saqlab qolgan hukmdorning bu yurtlarda afsonaviy xaloskor deya hamon madx etilishi bejiz emas. Garchi tug'ilib o'sgan zaminidan olisda yurt tuzish, el boshqarish taqdir yozug'iga bitilgan bo'lsa-da, tog'asi Jaloliddinning izdoshiga aylandi, u kabi jang maydonlarida umri o'tdi. Ozodlik, xalqlarga tinchlik, birodarlik ota-bobolarimizning asrlar bo'yi dastak-suyanchi, hayotiy a'moli bo'lgani, ajdodlarimizning shonli, biroq o'ta achchiq taqdirni yashab o'tgani qo'lingizdagi kitobda batafsil bayon qilingan.

Kitob haqida

Nashriyot
Akademnashr
Nashr yili
2024
Asl tili
O'zbek tili

224 bet. Kuniga 20 bet oʻqisangiz, taxminan 12 kunda tugatasiz.

Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqing
Telegramda ulashish

Kitobni qayerdan topish mumkin

Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:

Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlang

Taqrizlar

Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.

Kitoblarim oʻquvchilari

Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.

Keyingi oʻqish uchun

Yana bilmoqchimisiz?

Sunʼiy intellekt bu haqda kengroq maʼlumot beradi. Javob yangi oynada ochiladi, bu sahifa ochiq qoladi.

AIʼdan batafsil soʻrash