
Omad ko'zi
Insoniyat yaralibdiki, hur fikrga tashna, go'zallikka oshufta, ezgu a'mollarga oshnodir. Bunday botiniy hissiyotlar va zohiriy intilishlarni ayniqsa shoirlar goh mahzun, goh shodmon, goh o'ychan ohanglarda tarannum etishga harakat qilishadi. Bu bejiz emas, albatta. Zero har qaysi ijodkor o'z davrining kuychisi, kuzatuvchisi va, ta'bir joiz bo'lsa, o'ziga xos ovoz sohibidir. Shu ma'noda yosh, iste'dodli shoir Safar Olloyorning ushbu to'plamdan joy olgan she'rlari, garchand turli yillarda yozilgan bo'lsa xam, mazmunan yaxlit asar sifatida mujassam mohiyat kasb etadi. Binobarin, teran lirik falsafiy mushohadalar, nazmiy san'atkorona tuzilmalar, mohirona sodda yo'singa yo'g'rilgan “qaymoqli” fikrlar, chuqur majoziy va ramziy ifodalar bularning bari eng talabchan she'rxonlarni ham qanoatlantirishiga ishonchimiz komil. Bu she'rlar yuksak ishtiyoq va did ila o'qib uqishga arziydi. Zotan umid ham shundan. Ko'proq ko'rish
Kitob haqida
- Nashr yili
- 2007
- Asl tili
- O'zbek tili
192 bet. Kuniga 20 bet oʻqisangiz, taxminan 10 kunda tugatasiz.
Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqingKitobni qayerdan topish mumkin
Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:
Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlangTaqrizlar
Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.
Kitoblarim oʻquvchilari
Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.







