
Oppoq kapalak
Qo'limda — ko'p yillik yuragimda pishib, ko'z yoshlarim bilan to'kilgan satrlar. Bu kitobni yozgan paytimda qalbim tinimsiz tebranib turdi. Har bir so'z — his. Har bir sahifa — og'riq va umid orasida tug'ilgan haqiqat. “Oppoq kapalak” — bu shunchaki hikoya emas. Bu — sevgi, vatan, bolalik, aka-singil, insonlik va sabr haqidagi yulduzday porlagan so'zlar to'plami. Keyingi paytda qalbimda to'plangan barcha gaplar shu kitobga joy oldi. Unda ikki bola bor. Ularning ko'zlarida — orzu. Yuragida — beg'uborlik. Ich-ichida esa… siz o'qib bilishingiz kerak bo'lgan bir dunyo. “Oppoq kapalak” — bolalikni himoya qilmoqchi bo'lgan har bir odamning kitobidir. U sizni sukutga cho'mdiradi. Va, balkim, yuragingizni shivirlab qo'yadi. Bu mening ilk asarim. Uni yozgan paytimda har kuni qalbimning boshqa-boshqa tuyg'ulari jim ulgurgan. Bugun esa… sizning qo'lingizga yetgani uchun minnatdorman. “Oppoq kapalak” – sizning ham yuragingizda uchsin.” Hurshida Kamoliddinova
Kitob haqida
- Nashriyot
- Adabiyot
- Nashr yili
- 2025
- Asl tili
- O'zbek tili
104 bet. Kuniga 20 bet oʻqisangiz, taxminan 6 kunda tugatasiz.
Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqingKitobni qayerdan topish mumkin
Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:
Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlangTaqrizlar
Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.
Kitoblarim oʻquvchilari
Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.
Keyingi oʻqish uchun
Yana bilmoqchimisiz?
Sunʼiy intellekt bu haqda kengroq maʼlumot beradi. Javob yangi oynada ochiladi, bu sahifa ochiq qoladi.
AIʼdan batafsil soʻrash






