Kitoblarimkatalog
Ortga yo'l
Badiiy tarjima

Ortga yo'l

Atoqli nemis adibi Erix Mariya Remark asarlari o'zbek adabiyotsevarlariga begona emas. "Uch og'ayni", "G'arbiy frontda o'zgarish yo'q", "Lissabondagi tun", "Qora haykal" romanlari kitobxonlarning qalb to'rlaridan joy olgan, desak, mubolag'a bo'lmas. Mana, "G'arbiy front..."ning mantiqiy davomi bo'lmish "Ortga yo'l" romani ham nashr etildi. Millionlar yostig'ini quritgan muhoraba mavzusida qalam tebratgan muallif ushbu asarida ham Birinchi jahon urushi o'z domiga tortgan yoshlar qismati orqali urush dahshatlarini boshdan kechirgan, ruhan ezilgan, jamiyatdan begonalashgan va bolalik, o'smirlik orzu-umidlari chilparchin bo'lgan butun boshli avlodning ayanchli taqdirini mahorat ila yorqin bo'yoqlarda, bor bo'yicha tasvirlaydi. Ishonamizki, mutolaadan so'ng aslo tushkunlikka tushmaysiz, bil'aks, inson eng og'ir sharoitlarda ham ojiz qolmasligiga, barchasi insonning ruhiyati, ma'naviy dunyosi hamda irodasiga bog'liqligiga ishonchingiz ortadi, adabiyot va hayot haqidagi tasavvurlaringiz yana bir pog'ona ko'tariladi. Agar ta'bir joiz bo'lsa, "Ortga yo'l" o'quvchini "tishni tishga qo'yib, mushtni tugib-tugib, chidab-chidab yashash"ga o'rgatadi. Aziz kitobxon, yana bir mutolaa zavqi hamda kitobxonlik saodati muborak bo'lsin! Ko'proq ko'rish

Kitob haqida

Nashriyot
Factor Books
Nashr yili
2022

320 bet. Kuniga 20 daqiqa oʻqisangiz, taxminan 16 kunda tugatasiz.

Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqing
Telegramda ulashish

Kitobni qayerdan topish mumkin

Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:

Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlang

Taqrizlar

Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.

Kitoblarim oʻquvchilari

Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.

Keyingi oʻqish uchun