Kitoblarimkatalog
Kitoblarga qaytish
Luiza Mey Olkott: Kichkina xonimlar
Badiiy tarjima

Luiza Mey Olkott: Kichkina xonimlar

Amerikalik noshir Tomas Nayloning iltimosiga binoan o'sha zamon qizlariga atab yozilgan "Kichkina xonimlar" Luiza Mey Olkottning eng mashhur, jahon adabiyoti ro'yxatlarida o'rniyu e'tirofini topgan romanlardan. To'rt opa-singil - Meg, Jo, Bes va Emining biri boshqasinikiga o'xshamas fe'li, sarguzashtlari, pokiza orzulari betakrorligi bilan ajralib turadi. Ushbu kitob qisman biografik asar hamdir. Muallif o'z opa-singillarini prototip qilib tanlaydi va "Jo aslida menman" deya kundaliklarida qayd etadi. Yozuvchi nohaqlikka isyon, qiz bolaning oila, ro'zg'or tashvishlariga ko'milib emas, jamiyatga manfaatli ishlarga ham hissa qo'sha olishiga diqqatni qaratadi. Vatan, sadoqat, burchga mas'uliyat kabi muqaddas tushunchalar hech ohorini to'kmasligini balog'at yoshidagi qizlar misolida tasvirlaydi. O'smirlik dunyosining tezob, ammo behad chiroyli yillari shu yoshdagi kitobxon qatori o'sha pallalarni boshidan kechirgan kattalarni ham qiziqtirishi aniq. Ko'proq ko'rish

Kitob haqida

Nashriyot
Global Book
Nashr yili
2022

416 bet. Kuniga 20 daqiqa oʻqisangiz, taxminan 21 kunda tugatasiz.

Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqing
Telegramda ulashish

Kitobni qayerdan topish mumkin

Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:

Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlang

Taqrizlar

Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.

Kitoblarim oʻquvchilari

Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.

Keyingi oʻqish uchun