
Birinchi Renessans Allomalari
Ushbu o'quv qo'llanma O'zbekiston zamini tarixda buyuk Uyg'onish davrlariga beshik bo'lgan, dunyo ilm-fani rivojiga ulkan hissa qo'shgan ulug' mutafakkirlarni yetishtirib bergani qalamga olingan. Shu bilan birga, davlatimiz rahbari tomonidan Yangi O'zbekistonni bunyod etish va Uchinchi Renessansga mustahkam zamin yaratish borasida amalga oshirilayotgan shiddatli islohotlar haqi da so'z yuritiladi. Ushbu "Birinchi Renessans allomalari" nomli o'quv qo'llanmasi uchta kitobdan iborat turkumning dastlabkisidir. U jonajon Vatanimizning yangi tarixiga dastlabki chizgilar ekanligi bilan ham alohida ahamiyatga ega. Mualliflar "Ikkinchi Renessans allomalari", "Uchinchi Renessans insonparvarlik va ilm-ma'rifat asosiga qurilmoqda o'quv qo'llanmalarini ham tez orada taqdim etishga ahd qilishgan. Ularda Sharq madaniyatining oltin asri va bunda muhim rol o'ynagan Sohibqiron bobomiz Amir Temurning ibratli ishlari, jadid bobolarimizning boy merosi va Yangi O'zbekiston bosh me'mori tomonidan olib borilayotgan shiddatli islohotlar haqida hikoya qilinadi. "Birinchi Renessans allomalari" nomli o'quv qo'llanmasi Vatanimiz taqdiriga befarq bo'lmagan keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan bo'lib, barcha ta'lim muassasalari, xususan, oliy o'quv yurtlari, tashkilot va idoralar, har bir xonadonga kirib borishi maqsadga muvofiqdir. Zotan, qaysi zamonda bo'lmasin, o'zgarish va yangilanishlar, avvalo, xalqning qudrati, salohiyati va kuchiga tayaniladi. Ushbu o'quv qo'llanma barcha oliy o'quv yurti talabalariga tavsiya qilinadi.
Kitob haqida
- Nashriyot
- Yangi Asr Avlodi
- Nashr yili
- 2023
- Asl tili
- O'zbek tili
192 bet. Kuniga 20 bet oʻqisangiz, taxminan 10 kunda tugatasiz.
Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqingKitobni qayerdan topish mumkin
Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:
Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlangTaqrizlar
Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.
Kitoblarim oʻquvchilari
Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.
Keyingi oʻqish uchun
Yana bilmoqchimisiz?
Sunʼiy intellekt bu haqda kengroq maʼlumot beradi. Javob yangi oynada ochiladi, bu sahifa ochiq qoladi.
AIʼdan batafsil soʻrash






