
Abulfayzxon
Fitrat dramaturgiyasida tarixiy mavzu keng o'rin olgan. Dramaturgning mashhur asarlari qatoridan o'rin olgan "Abulfayzxon" pyesasi adabiyotimizda tarixiy mavzuda yozilgan birinchi drama hisoblanadi. Fitrat adabiy-badiiy ijodining cho'qqisi hisoblangan mazkur fojia voqea mazmuni va tarixiy faktlarga boy, real asar bo'lishi bilan jozibalidir. Pyesada ashtarxoniylar sulolasining so'nggi vakili Abulfayzxon davrida Buxoro o'lkasida yuz bergan fojia aks ettiriladi. Asarda Abulfayzxonning toj-taxtga da'vogarlik qilgan barcha merosxo'rlar otasi, og'a-inlari, yaqin va uzoq qarindosh-urug'larini o'ldirib hokimiyat sari kelishi katta badiiy kuch bilan gavdalantirilgan. Buxoro taxtini qo'lga kiritgan Abulfayzxon shubha va ta'qib vasvasiga tushib, hokimiyatni qo'lga kiritishga ko'maklashgan ishonchli safdoshlari, o'ziga sadoqatli jangchi lashkarboshlarni, viloyat hokimlarini qirg'in qilishga kirishadi. "Abulfayzxon" fojiasi 20-yillar o'zbek adabiyotining katta yutug'i bo'lib qoldi.
Kitob haqida
- Nashriyot
- G'afur G'ulom
- Nashr yili
- 2025
- Asl tili
- O'zbek tili
64 bet. Kuniga 20 bet oʻqisangiz, taxminan 4 kunda tugatasiz.
Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqingKitobni qayerdan topish mumkin
Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:
Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlangTaqrizlar
Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.
Kitoblarim oʻquvchilari
Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.
Keyingi oʻqish uchun

Mirzo Ulug'bek
Maqsud Shayxzoda · 2019
Hind sayyohining qissasi
Abdurauf Fitrat · 2025
Abulfayzxon (drama)
Abdurauf Fitrat · 2019
Oila
Abdurauf Fitrat · 2019

Jadid adabiyoti durdonalari: Abdurauf Fitrat
Abdurauf Fitrat · 2024

Oila yoki oilani boshqarish tartiblari
Abdurauf Fitrat · 2024

Abdulla Avloniy: Afg'on sayohati
Abdurauf Fitrat · 2025

Hind sayyohi bayonoti
Abdurauf Fitrat · 2025
Yana bilmoqchimisiz?
Sunʼiy intellekt bu haqda kengroq maʼlumot beradi. Javob yangi oynada ochiladi, bu sahifa ochiq qoladi.
AIʼdan batafsil soʻrash