Kitoblarimkatalog
Kitoblarga qaytish
O'zbekiston obidalaridagi bitiklar Buxoro 2-jild (O'zb-Rus-Eng)

O'zbekiston obidalaridagi bitiklar Buxoro 2-jild (O'zb-Rus-Eng)

Bugungi kunda mustaqil O'zbekiston epigrafik yodgorliklarning miqdori va noyobligi bo'yicha Markaziy Osiyoda shubhasiz yetakchi mamlakat sanaladi, bu yodgorliklardagi bitiklarning aksariyati ilgari o'rganilmagan edi. Ijodiy guruh ushbu noyob yozma yodgorliklarni qayd etib, sinchiklab o'rganib, tadqiqotlarining ilk natijalarini «O'zbekiston obidalaridagi bitiklar» ko'p jildli nashrida jamlamoqda. Hozirga qadar ko'hna o'zbek zaminida joylashgan tarixiy obidalardagi bitiklar to'liq o'qib-o'rganilmagan edi. Qadimiy bitiklarni tadqiq etish, ularni o'qish va ma'nolarini aniqlashtirish ishlari uchun yodgorliklarning tarixdagi munosib o'rnini tiklagan davlat mustaqilligi tufayligina ilk marta keng imkoniyatlar yaratildi. Ushbu albomlar turkumi O'zbekiston madaniy merosini saqlash, ilmiy o'rganish va ommalashtirishni davlat siyosati darajasiga ko'targan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning qator tashabbuslariga to'liq mos keladi. Shunday ekan, mazkur albom Prezidentimizning «Yangi O'zbekiston, yangi istiqbollar» siyosatining bir bo'lagi bo'lib, unda O'zbekiston xalqlarining madaniy merosini maqsadli o'rganish va asrab-avaylash mavzusi alohida o'rin tutadi. Ko'proq ko'rish

Kitob haqida

Nashr yili
2023
Asl tili
O'zbek tili

432 bet. Kuniga 20 bet oʻqisangiz, taxminan 22 kunda tugatasiz.

Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqing
Telegramda ulashish

Kitobni qayerdan topish mumkin

Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:

Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlang

Taqrizlar

Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.

Kitoblarim oʻquvchilari

Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.

Keyingi oʻqish uchun