Kitoblarimkatalog
Metodist kitobi

Metodist kitobi

"Metodist kitobi" Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan metodistlarning ish stolidagi eng zaruriy qo'llanma bo'lib xizmat qiladi. Ushbu amaliy qo'llanma MTT metodistining yil davomida bajaradigan vazifalarni to'la to'kis ado etilishida yordamchi bo'la oladi. Ushbu amaliy qo'llanmada 04-01, 04-02, 04-03, 04-04 raqamlari bilan indekslanadigan hujjatlarni to'g'ri yuritish, metodistning tashkilot ta'lim sifatini oshirishi uchun bajaradigan ishlari aks etgan. Mazkur kitob har bir MTT metodisti, katta tarbiyachisi va qolaversa MTT direktorining ham ish faoliyatida zarur bo'lgan qo'llanmadir. Ushbu amaliy qo'llanma Maktabgacha ta'lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti Ilmiy-metodik kengashining 2020 yil 30 iyundagi onlayn shakldagi yig'ilishida muhokama qilingan va nashrga tavsiya etilgan. Tuzuvchilar: Mavluda Rustamova - Maktabgacha ta'lim tashkiloti direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti katta o'qituvchisi Malika Fayzullayeva - Maktabgacha ta'lim tashkiloti direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti katta o'qituvchisi Nasiba Erxonova - "Maktabgacha ta'lim metodikasi va nazariyasi" jurnali bosh muharriri Zuhra Ro'ziyeva - "Maktabgacha ta'lim metodikasi va nazariyasi" jurnali muharriri Husnida Omonova - Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi 92-MTT metodisti

Kitob haqida

Nashr yili
2021
Asl tili
O'zbek tili

144 bet. Kuniga 20 bet oʻqisangiz, taxminan 8 kunda tugatasiz.

Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqing
Telegramda ulashish

Kitobni qayerdan topish mumkin

Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:

Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlang

Taqrizlar

Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.

Kitoblarim oʻquvchilari

Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.

Keyingi oʻqish uchun

Yana bilmoqchimisiz?

Sunʼiy intellekt bu haqda kengroq maʼlumot beradi. Javob yangi oynada ochiladi, bu sahifa ochiq qoladi.

AIʼdan batafsil soʻrash