Kitoblarimkatalog
Qat'iyat qonunlari

Qat'iyat qonunlari

Bu kitob — insonni kuchli, bardoshli va qat'iyatli qilishga o'rgatadigan hayot qo'llanmasi. Unda muallif shunchaki sabr haqida emas, balki sinovlardan o'tish va har qanday to'siqqa qarshi yurish haqida yozadi. Deymon Zaxariedsning fikricha, kim hayotda uzoq muddatli muvaffaqiyatga erishgan bo'lsa, u shunchaki omadli emas — balki qat'iyatli insondir. Sportchimi, o'qituvchimi, tadbirkormi yoki talaba — farqi yo'q. Har bir yutuq ortida chidam, intizom va iroda turadi. Kitobda muallif hayotdagi xavf, qo'rquv va qiyinchiliklarni yengish uchun amaliy tavsiyalar beradi. U sizni motivatsiya bilan “qizdirib” qo'ymaydi — aksincha, real hayotdagi holatlarni ko'rsatib, ichingizdagi mustahkamlikni uyg'otadi. Asardagi har bir bob — xuddi murabbiy so'zi kabi. U sizni tanbeh ham beradi, ruhlantiradi ham. O'qiganingiz sari anglaysiz: qat'iyat bu tug'ma fazilat emas, uni har kim o'zida shakllantira oladi. Agar siz o'z yo'lingizda duch kelayotgan to'siqlardan charchagan bo'lsangiz, agar ba'zan “balki bo'lmas” degan fikrlar sizni to'xtatayotgan bo'lsa — bu kitob aynan siz uchun. 📘 “Qat'iyat qonunlari” — bu o'zini sinovlar orasida yo'qotmaganlar uchun yozilgan asar. Har safar yiqilganda qayta turishni o'rgatadi, va eng muhimi — nima bo'lgan taqdirda ham o'zingizga sodiq qolishni eslatadi.

Kitob haqida

Nashr yili
2025
Asl tili
O'zbek tili

144 bet. Kuniga 20 bet oʻqisangiz, taxminan 8 kunda tugatasiz.

Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqing
Telegramda ulashish

Kitobni qayerdan topish mumkin

Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:

Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlang

Taqrizlar

Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.

Kitoblarim oʻquvchilari

Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.

Keyingi oʻqish uchun

Yana bilmoqchimisiz?

Sunʼiy intellekt bu haqda kengroq maʼlumot beradi. Javob yangi oynada ochiladi, bu sahifa ochiq qoladi.

AIʼdan batafsil soʻrash