Kitoblarimkatalog
Kitoblarga qaytish
Kapitan Grant bolalari
Badiiy tarjima

Kapitan Grant bolalari

1864-yil 26-iyulda lord Eduard Glenarvanga tegishli yaxta matroslari ulkan bolg'a baliqni tutib oldilar. Och ko'z baliq butunicha yutib yuborgan shisha ichidan ingliz, nemis va fransuz tillarida yozilgan hujjat chiqdi. Dengiz suvi chirita boshlagan bu qog'ozlardan aniqlanishicha, ikki yil oldin g'oyib bo'lgan “Britaniya” kemasi halokatga uchragan. Ekipaj kapitani Grant va ikki dengizchi esa tirik qolgan... Kapitan va dengizchilarning boshdan kechirganlari hamda adolat uchun mardona kurashganlarini mutolaa davomida bilib olasiz. Muallif haqida: Jyul Vern buyuk fransuz yozuvchisi, zamonaviy fantastika otasi hali hayotligidayoq afsonaga aylanib ketgan insonlardan biri edi. Zamondoshlari uni «tinim bilmas sayohatchi» deb hisoblasalar, kimlardir uni «dengizchi, kema kapitani» deb o'ylashar, yana kimlardir «ko'chirmakash yozuvchi» deb g'iybat qilar, boshqalar esa, «Bunaqa yozuvchi yo'q. Jyul Vern - bu geografik jamiyatning nomi. Ana shu tashkilotning a'zolari shu nom ostida kitoblar yozadilar.», deb isbotlashga urinadilar. Aslida esa, Jyul Vern yozib charchamaydigan yozuvchi edi. U faqat ijod og'ushidagina xordiq chiqarardi. 60 yildan ortiq davom etgan ijodiy faoliyati mobaynida tinimsiz yozdi va adabiyot ixlosmandlariga, avlodlarga 97 kitobni meros qilib qoldirdi.

Kitob haqida

Nashriyot
Asaxiy
Nashr yili
2022

688 bet. Kuniga 20 bet oʻqisangiz, taxminan 35 kunda tugatasiz.

Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqing
Telegramda ulashish

Kitobni qayerdan topish mumkin

Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:

Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlang

Taqrizlar

Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.

Kitoblarim oʻquvchilari

Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.

Keyingi oʻqish uchun

Yana bilmoqchimisiz?

Sunʼiy intellekt bu haqda kengroq maʼlumot beradi. Javob yangi oynada ochiladi, bu sahifa ochiq qoladi.

AIʼdan batafsil soʻrash