
Yosh qizning kundaligi
Xuliyo Kartalning ushbu kitobida o'tayotgan umrning har lahzalaridan zavqlanadigan va hayotdagi har bir voqea-hodisada sir, joziba, hikmat mujassamligini ko'ra biladigan ta'sirchan qalbli insonning mahzun kechinmalari, o'yga toldiruvchi mulohazalari bitilgan. Unda badiiy asarlardagi singari syujet chizig'i, bir-biri bilan mojarolashgan qahramonlar obrazi ko'rinmaydi. Mazkur kitobda ko'ngilda kechgan o'ylar bayon qilinadi, xolos. Kitobning bosh qahramoni — muallifning o'zi. Muallif — uning asosiy va birdan-bir qahramoni. Lekin ana shu yakka, yagona qahramon o'ylari, kechinmalari, hayot va inson umri haqidagi mulohazalari kishini ko'p masalalar xususida o'ylab ko'rishga, mushohada yuritishga undaydi. Kundalik daftar aslida inson hayoti, ruhiy kechinma, quvonch va iztiroblari aks etgan birgina shaxsga tegishli bo'lgan qaydlar. Ammo shunday kundaliklar borki, bir insonning umr yo'li butun bir davr farzandlari uchun hayot saboni bo'lishi mumkin. Mazkur kundalik ham sizni befarq qoldirmaydi. Qahramonning dard va shodliklariga sherik bo'lasiz. Mutolaa jarayonida o'zingiz uchun ibrat olishingizga umid qilamiz.
Kitob haqida
- Nashriyot
- Yangi Asr Avlodi
- Nashr yili
- 2021
- Asl tili
- O'zbek tili
96 bet. Kuniga 20 bet oʻqisangiz, taxminan 5 kunda tugatasiz.
Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqingKitobni qayerdan topish mumkin
Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:
Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlangTaqrizlar
Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.
Kitoblarim oʻquvchilari
Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.
Keyingi oʻqish uchun

O'z ustingda ishla
Mirzakarim Norbekov · 2015

Archangel (used)
Robert Harris · 1999

The Mermaids Singing (used)
Val McDermid · 1999

Crisis Four
Andy McNab · 2000

Mockingjay (used)
Suzanne Collins · 2011

The Workhouse Girl (used)
Dilly Court · 2013

Bec
Darren Shan · 2007

Bill Bailey's daughter (used)
Catherine Cookson · 1989
Yana bilmoqchimisiz?
Sunʼiy intellekt bu haqda kengroq maʼlumot beradi. Javob yangi oynada ochiladi, bu sahifa ochiq qoladi.
AIʼdan batafsil soʻrash