
Graf Monte Kristo. If qal'asining mahbusi (2 ta kitob)
Bu kitob - ko'plar kutgan durdona. U jahon adabiyotidagi eng sara asarlar ro'yxatiga kiradi. Garchand “Graf Monte Kristo“ yaratilganiga bir necha asrlar o'tgan bo'lsa-da, undagi ulug'vor g'oyalar, o'lmas tuyg'ular, orzular va armonlar talqini sira-sira o'z ahamiyatini yo'qotmaydi. Asardagi qahramonlar, ularning hayoti , kechinma va kechmishlari, voqealar zanjiri o'quvchini kitobga ipsiz bog'lab qo'yadi. Ayniqsa, Edmon Dantesning uzoq yillik uqubatlari, ana shu yillar samarasi o'laroq, o'zgacha inson bo'lib yetishishi, bir vaqtlardagi jabr-sitam uchun intiqom kurashiga kirishishi bugungi kun o'quvchisi uchun ham birdek maroqli. “Graf Monte-Kristo“ keng kitobxonlar e'tiborini qozongan asardir. Unda insoniylik, shaxs erkinligi va tuyg'ular go'zalligi ulug'lanadi. Qing'ir ishning qiyig'i qirq yildan keyin bo'lsa-da chiqishi o'z ifodasini topadi. Qahramonlar o'rtasidagi mehr-oqibat va ziddiyatlar muallifning nihoyatda kuzatuvchan va mohirligini namoyon etadi. Asar bosh qahramoni Edmon Dantes- Monte Kristo razolat botqog'iga botgan insonlarni zo'r matonat, aql-idrok bilan fosh etadi. Jazo ham, mukofot ham Allohning irodasi bilan inson tirikligidayoq uni benasib qoldirmasligi roman nihoyasida aksini topadi. Faqat buning uchun... Graf ta'kidlaganidek, “Kutmoq va umid qilmoq kerak“.
Kitob haqida
- Nashriyot
- Yangi Asr Avlodi
- Nashr yili
- 2019
- Asl tili
- O'zbek tili
100 bet. Kuniga 20 bet oʻqisangiz, taxminan 5 kunda tugatasiz.
Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqingKitobni qayerdan topish mumkin
Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:
Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlangTaqrizlar
Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.
Kitoblarim oʻquvchilari
Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.
Keyingi oʻqish uchun

Graf Monte-Kristo (Asaxiy Books) (2ta kitob)
Aleksandr Dyuma · 2025
Graf Monte Kristo: 1-2-kitob (qayishqoq)
Aleksandr Dyuma
Jallod changalidagi oshiqlar
Aleksandr Dyuma · 2023
Graf Monte-Kristo. If qal'asining mahbusi Ikkinchi kitob
Aleksandr Dyuma · 2025
Graf Monte-Kristo. If qal'asining mahbusi Birinchi kitob
Aleksandr Dyuma

Александр Трифонович Твардовский: Василий Теркин
Aleksandr Dyuma · 2019

Граф Монте-Кристо (комплект из 2-х книг)
Aleksandr Dyuma · 2024

O'zbek sovet ensiklopediyasi. 14 tomlik
Aleksandr Dyuma · 1976
Yana bilmoqchimisiz?
Sunʼiy intellekt bu haqda kengroq maʼlumot beradi. Javob yangi oynada ochiladi, bu sahifa ochiq qoladi.
AIʼdan batafsil soʻrash