
Qiziquvchan Matmusa, Nido
Erkin Vohidov - o'zbek shoiri va jamoat arbobi. Zamonaviy o'zbek adabiyotining yorqin namoyondalaridan biri. Shoirni g'azal janrining chinakam davomchisi desak, mubolag'a bo'lmaydi. Vatanga, uning cheksiz kengligiga muhabbat, ona diyorning porloq kelajagiga ishonch Erkin Vohidov ijodining eng muhim jihati bo'lib qoladi. Ikkinchi jahon urushida qurbon bo'lgan vatandoshlarimiz xotirasiga bag'ishlangan asarlar adabiyotimizda salmoqli o'rin egallaydi. Ammo, bu asarlar orasida ustoz Erkin Vohidovning “Nido” dostoni samimiy ehtirosi va kuchli ruhiy ta'siri bilan alohida ajralib turadi. "Donish qishloq hangomalari"dagi Matmusa obrazi orqali o'zbek adabiyotini yana bir yumoristik qahramon bilan boyitgan shoir o'quvchiga hazil orqali achchiq haqiqatlarni so'zlaydi. Sodda va go'l Matmusa goh dehqon, goh sotuvchi, yana bir o'rinda qo'shiqchi-yu, boshqa o'rinda amaldor qiyofasida gavdalanadi. Barchasida o'zining noshudligini fazilat deb ko'rsatadi. Shoir Matmusa obrazi orqali jamiyatda uchraydigan bu kabi holatlarni hajviy tasvirlar ekan, o'quvchini ogohlikka chorlaydi.
Kitob haqida
- Nashriyot
- Yangi Nashr
- Nashr yili
- 2019
- Asl tili
- O'zbek tili
112 bet. Kuniga 20 bet oʻqisangiz, taxminan 6 kunda tugatasiz.
Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqingKitobni qayerdan topish mumkin
Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:
Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlangTaqrizlar
Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.
Kitoblarim oʻquvchilari
Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.
Keyingi oʻqish uchun

Ruhlar isyoni
Erkin Vohidov · 2019

So'z latofati, Kirilcha
Erkin Vohidov · 2024

Mirzaterak
Odil Yoqubov · 2021
To'la asarlar to'plami: Qalb sadoqati(5-jild)
Erkin Vohidov · 2018
To'la asarlar to'plami: KO'zbekcha saxovati(3-jild)
Erkin Vohidov · 2016
To'la asarlar to'plami: Erk saodati(6-jild)
Erkin Vohidov · 2018
So'z latofati (kiril)
Erkin Vohidov · 2024

Erkin Vohidov (So'z chamani)
Erkin Vohidov · 2020
Yana bilmoqchimisiz?
Sunʼiy intellekt bu haqda kengroq maʼlumot beradi. Javob yangi oynada ochiladi, bu sahifa ochiq qoladi.
AIʼdan batafsil soʻrash