Kitoblarimkatalog
Arab tili (Krossvord)

Arab tili (Krossvord)

Bilamizki, Arab tili dunyodagi 24 davlatning rasmiy, milliy tili hisoblanadi. BMTning 6 ta rasmiy tillaridan biri degan maqomga egadir. Shu bilan birga, arab tili chuqur tarix va ming yilliklarni o'zida jamlagan ulkan madaniyatga ega tildir. Arab tilini chiroyli harflarini, uning naqshinkor yozilishi, jozibali sir asrorlarini o'rgatishda mutaxassis va ustozlar juda ko'plab uslublarni amalga oshirishgan. Ularning ichida samarali hisoblanganlaridan arab tilida "xuruful munqotia" kesishgan so'zlar deb nomlanuvchi, krossvord ko'rinishi, o'yin shaklida so'zlarni yozish, ma'nolarini anglashdir. Mazkur krossvord arab tili o'rganuvchilari uchun so'zlarni yodlashga mo'ljallangan qo'llanmadir. Bu krossvord o'quvchi tasavvurini kengaytirishga, til boyligini oshirishga va xotirasini rivojlantirishga yordam beradi. Krossvordda 33 mavzuga oid 400 dan ortiq so'z berilgan bo'lib, o'quvchi bu so'zlarni yod olgandan so'ng mustahkamlash uchun krossvorddan shu so'zlarni izlab topadi. Bu esa yod olingan so'zni yana-da mustahkamlashga yordam beradi. Shu bilan birga o'rganuvchi rasmlardan turli mavzuga oid shakl va jismlarni izlab xotirasini yana bir karraga oshiradi.

Kitob haqida

Nashr yili
2022
Tili
Arab tili

64 bet. Kuniga 20 bet oʻqisangiz, taxminan 4 kunda tugatasiz.

Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqing
Telegramda ulashish

Kitobni qayerdan topish mumkin

Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:

Taqrizlar

Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.

Kitoblarim oʻquvchilari

Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.

Keyingi oʻqish uchun

Yana bilmoqchimisiz?

Sunʼiy intellekt bu haqda kengroq maʼlumot beradi. Javob yangi oynada ochiladi, bu sahifa ochiq qoladi.

AIʼdan batafsil soʻrash