
Ota izidan
Farzand - otaning izdoshi, farzand - otaning g'ururi, farzand otaning suyanchi. Bu ko'pchilik biladigan oddiy haqiqat. Odil Yoqubov asari qahramoni bo'lgan Shukurjon ham otasiga shunday sadoqat bilan ulg'aygan ziyoli yigit. U bosmachilar bilan jangda halok bo'lgan otasining diydorini ko'rmagan, otasining bag'rida orom olmagan, otasining erkalashlaridan bahramand bo'lmagan. Bunday go'zal va eng shirin tuyg'ularga qalbi tashna bo'lib voyaga yetgan. Afsuski, ona ko'kragini har tun qo'msaydigan go'dak bu mehrdan ham mosuvo bo'lib, ona tomonidan buvisi qo'lida tarbiya topadi. Buvisi Shukurjonni ota-onasiga mehr tuyg'usi bilan voyaga yetkazadi, unga har oqshom uyqu oldidan otasining qahramonligi haqida go'zal hikoyalar so'zlab beradi. Voyaga yetgan Shukurjon endi otasi ruhini shod qilish, uning pok nomini oqlashni o'zining farzandlik burchi deb biladi, shunga ahd qiladi. Ammo bu yo'lda uning oldida bir qancha to'siqlar paydo bo'ladi. Yosh kitobxon do'stim! Keling, asarni birgalikda o'qiylik, Shukurjonga xayrixoh bo'laylik.
Kitob haqida
- Nashriyot
- Zabarjad Media
- Nashr yili
- 2022
- Asl tili
- O'zbek tili
144 bet. Kuniga 20 bet oʻqisangiz, taxminan 8 kunda tugatasiz.
Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqingKitobni qayerdan topish mumkin
Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:
Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlangTaqrizlar
Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.
Kitoblarim oʻquvchilari
Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.
Keyingi oʻqish uchun

Adolat manzili
Odil Yoqubov · 2024
Billur qandillar (yumshoq muqova)
Odil Yoqubov · 2020

Mirzaterak
Odil Yoqubov · 2021

Izlayman
Odil Yoqubov · 2024

Qanot juft bo'ladi
Odil Yoqubov · 2024

Muqaddas
Odil Yoqubov · 2024

Er boshiga ish tushsa
Odil Yoqubov · 2024

Ikki muhabbat
Odil Yoqubov · 2024
Yana bilmoqchimisiz?
Sunʼiy intellekt bu haqda kengroq maʼlumot beradi. Javob yangi oynada ochiladi, bu sahifa ochiq qoladi.
AIʼdan batafsil soʻrash