
Asriy An'analar davomchilari
Sivilizatsiya tarixida tanazzul yoki turg'unlik davrida kamdan - kam holatlarda ma'naviy madaniyatning favqulodda yuksalishi kuzatilgan. Davlat suverenitetini qulga kiritgan O'zbekiston uchun aynan mana shunday davr sifatida XX - XXI asrlar oralig'ini e'tirof etish mumkin. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi va davlatning har tomonlama qullab - quvattlashi natijasida tarix mezonida kichik fursat hisoblangan 25 yil davomida badiiy hunarmandchilik nafaqat tiklandi, balki bu qadim o'lkaning xalq amaliy san'ati rivoji yangi bosqichga ko'tarildi. Dunyoda qiyosi yo'q ushbu albomning maqsadi - xalq tili bilan aytganda Usto deb ataladigan O'zbekiston xalq hunarmandlarining ijodiy muvaffaqiyatlarini ilk marta keng taqdim etishdir. Qadim O'zbekistonning taniqli hududlarida yuksak mahorat va asriy an'analarni davom ettirib kelayotgan ustalarning badiiy usulidagi o'ziga xoslik yerqin ko'rinishda namoyon bo'ladi. Mohirona texnika hamda hayratlanarli fantaziyalar nafis va serjilo, serhasham bezaklarni dunyoga keltiradi. Bu mukammallik sari intilishning samarasi va ustalarning boy tajribasi, zamonamizning mashhur ustalari doim murojaat qiladigan an'analarsiz erishish mumkin emas. Ular nafaqat buyuk ajdodlarning bebaho merosini asrab - avaylab, hozirgi zamon nafosati, ruhiyatini singdirishmoqda, balki o'z hunari sir - asrorlarini ozod Vatanda o'sib - ulg'ayayotgan, buyuk kelajak sari intilayotgan yosh avlodga o'rgatib kelishmoqda.
Kitob haqida
- Nashriyot
- Uzbekiston Today
- Nashr yili
- 2016
- Asl tili
- O'zbek tili
464 bet. Kuniga 20 bet oʻqisangiz, taxminan 24 kunda tugatasiz.
Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqingKitobni qayerdan topish mumkin
Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:
Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlangTaqrizlar
Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.
Kitoblarim oʻquvchilari
Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.
Keyingi oʻqish uchun

Temuriylar tarixi davlat muzeyi durdonalari
2017

Amir Temur va Fransiya
Keren Lyusyen, Akmal Saidov · 2016

Archangel (used)
Robert Harris · 1999

The Mermaids Singing (used)
Val McDermid · 1999

Cry Wolf
Wilbur Smith · 1998

Crisis Four
Andy McNab · 2000

Mockingjay (used)
Suzanne Collins · 2011

The Workhouse Girl (used)
Dilly Court · 2013
Yana bilmoqchimisiz?
Sunʼiy intellekt bu haqda kengroq maʼlumot beradi. Javob yangi oynada ochiladi, bu sahifa ochiq qoladi.
AIʼdan batafsil soʻrash