
Dunyo nashr · 2025
Tarjima: Ibrohim G'afurov
- ISBN:
- 9789910800504
- Tili:
- O'zbek tili
- Yozuv:
- Lotin
- Sahifalar:
- 800
- Muqova:
- Yumshoq
- Format:
- A5

E'tiboringizga havola etilayotgan roman – “Telba”ni turli millatga mansub minglab, millionlab kitobxonlar sevib mutolaa qiladilar. Nashriyotimiz tomonidan taqdim etilayotgan bu yirik asar 35 yillik tanaffusdan so'ng o'z o'quvchilari bilan qaytadan diydor ko'rishdi. Asarning qimmati nimada? Nima uchun “Telba”ni o'qigan kitobxon daho ijodkor – Dostoyevskiy ijodiga qayta murojaat qilishga o'zida kuchli ma'naviy ehtiyoj sezadi? Kitob qahramoni telba, darvish bo'lgani holda o'quvchini qaysi jozibasi bilan o'ziga tortadi? Javoblar bisyor. Hamma zamonlarda bo'lgan, hamma zamonlarda uchraydigan – manfaatparast, boylikka mukkasidan ketgan johillar orasida yashab, insoniylik mohiyatini saqlab qolgan, odamlarga hamisha hamdard bo'lolgan, buyuk qalbi bilan yashagan knyaz Mishkin (telba); hayotining o'ta murakkab va mushkul damlarida zohiran juda go'l va zaif ko'ringan qahramonimizga qalban muhtojlik sezgan Nastasya Filippovna, Aglaya kabi asarning tayanch qahramonlari mutolaa yakuniga qadar o'quvchining diqqat markazida turadi. Romanning yozilganiga yuz ellik yilga yaqin fursat o'tgan bo'lsa-da, undagi qalbni poklashga bo'lgan da'vat, tuyg'ularni e'zozlash, har qanday sharoitda ham o'zligini yo'qotmasdan yashash kerakligi haqidagi ta'kidlar, fikrlar kitobni mutolaa qilgan har bir o'quvchi uchun yangilik bo'lib qolaveradi. Ko'proq ko'rish
800 bet. Kuniga 20 daqiqa oʻqisangiz, taxminan 40 kunda tugatasiz.
Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqingKitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:
Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlangBu kitobga hali taqriz yozilmagan.
Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.

Dunyo nashr · 2025
Tarjima: Ibrohim G'afurov

Yangi Asr Avlodi · 2019
Tarjima: Ibrohim G'afurov

Bayoz · 2019

Fyodor Dostoyevskiy · 2024
Fyodor Dostoyevskiy
Fyodor Dostoyevskiy
Fyodor Dostoyevskiy · 2023
Fyodor Dostoyevskiy · 2024
Fyodor Dostoyevskiy · 2025
Fyodor Dostoyevskiy · 2024
Fyodor Dostoyevskiy · 2025