
Covid-19 Yoki tafakkur qiling
XXI Oxirgi yillarda eng ko'p gapirilgan, yozilgan va butun dunyoni junbishga keltirgan asrning eng katta vabosi yoki “Pandemiya” deb atalmish COVID-19 haqida ikki og'iz yozib o'tmaslik to'g'ri bo'lmasa kerak deb o'yladim. Yillar o'tib, bu boshimizdan o'tkazgan voqealar kichkina risola sifatida kelajak avlod uchun eslatma bo'lib qolsin. Shu bilan birga, risolada COVID-19 keltirib chiqargan asoratlar va undan olgan xulosalarimni ham bayon etdim. Pandemiya insoniyatning hali-hanuz juda nochor ahvolda ekanligini yana bir bor isbotlab berdi. Insoniyat «Ilm-fan cho'qqisiga yetdik» deb qanchalik da'vo qilmasin, ko'z ham ilg'amaydigan kichik bir zarra karshisida naqadar ojizligini yana bir bor o'z ko'zi bilan ko'rib, amin bo'ldi. Hali bu dunyoda ochilmagan sir-asrorlar qancha ekan, bu yolg'iz Yaratganga ayondir. Albatta, bu yerda yozilgan narsalar kaminaning shaxsiy qarashlari bo'lib, kimningdir qarashlari va fikrlariga to'g'ri kelmasligi ham mumkin. Risolada yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklar uchun ma'zur tutib, undan biror manfaat olsangiz, o'tgan ajdodlarimiz ruhiga duoyi xayrda bo'lasiz degan umiddaman.
Kitob haqida
- Nashriyot
- Hilol-nashr
- Nashr yili
- 2023
- Asl tili
- O'zbek tili
40 bet. Kuniga 20 bet oʻqisangiz, taxminan 2 kunda tugatasiz.
Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqingKitobni qayerdan topish mumkin
Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:
Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlangTaqrizlar
Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.
Kitoblarim oʻquvchilari
Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.
Keyingi oʻqish uchun

Duo taqdirni o'zgartiradi
Atham Amin Nemutlu · 2022

Nasiba niyatga bog'liq
Atham Amin Nemutlu · 2022
Qudachilik - ming yilchilik
Abdulkarim Hasan · 2022
Kecha, bugun va erta
Abdulkarim Hasan · 2026
Jamiyat tanasiga tushgan qurt
Abdulkarim Hasan · 2022

Ucell bilan 22 yil (3 tilda)
Abdulkarim Hasan · 2022

Elamakon
Abdulkarim Hasan · 2023

Virtual olam o'smirlari (jinoyat sari)
Abdulkarim Hasan · 2024
Yana bilmoqchimisiz?
Sunʼiy intellekt bu haqda kengroq maʼlumot beradi. Javob yangi oynada ochiladi, bu sahifa ochiq qoladi.
AIʼdan batafsil soʻrash