Kitoblarimkatalog
Kitoblarga qaytish
Jayhun ustida bulutlar

Jayhun ustida bulutlar

Mirkarim Osim (1907 - 1984) O'zbek adabiyotida afsonalar asosida badiiy asarlar yaratgan adib. 1907 yilda Toshkentda ziyoli oilasida tug'ilgan. U dastlab eski makdabda, keyinchalik "Shams ul-urfon" nomli boshlang'ich maktabda, 1921 - 1924 yillarda esa Navoiy nomidagi Respublika bilim yurtida tahsil ko'radi. Adib “O'tror”, “To'maris”, “Shiroq”, "Temur Malik", "Mahmud Tarobiy", "Aleksandr va Spitamen", "Mohlaroyim va Xonposhsha", "Karvon qo'ng'irog'i", “Elchilar”, "Zulmat ichra nur", "Jayhun ustida bulutlar", "Ibn Sino qissasi", "Aljabrning tug'ilishi", "Singan setor", Alisher Navoiy haqida hikoya qiluvchi “Astrobod”, "Alisher Navoiy va Darvishali", “Badarg'a”, "Navoiyning xislatlari", "Ulug'bek va Navoiy" kabi hikoya va qissalar ham yozgan. Asarlari tarixchi olim va adiblarimiz uchun asosiy manba vazifasini o'tagan. Mirkarim Osim rus yozuvchisi M. Sholoxovning "Tinch oqar Don", S. Borodinning "Eldirim Boyaazid" nomli romanlarini, L. Batning "Hayot bo'stoni" qissasini va boshqa asarlarni o'zbek tiliga tarjima qilgan. Adib "O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi" unvoni va "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni (2002 y.) bilan taqdirlangan. Taqdim etilayotgan ushbu to'plamda yozuvchining To'maris, Kitobga ixlos, Jayhun ustida bulutlar, O'tror, Zulmat ichra nur qissalari o'rin olgan. Ko'proq ko'rish

Kitob haqida

Nashriyot
O'zbekiston
Nashr yili
2020
Asl tili
O'zbek tili

288 bet. Kuniga 20 daqiqa oʻqisangiz, taxminan 15 kunda tugatasiz.

Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqing
Telegramda ulashish

Kitobni qayerdan topish mumkin

Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:

Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlang

Taqrizlar

Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.

Kitoblarim oʻquvchilari

Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.

Keyingi oʻqish uchun