Kitoblarimkatalog
Kitoblarga qaytish
Bir umrlik ramazon kirill (yashil)

Bir umrlik ramazon kirill (yashil)

Aziz do'stim, bu sahifalarni yozishdan oldin ko'pchilik insonlar zoye etayotgan, uning ahamiyatini bilmayotgan vaqt haqida gapirmoqchimiz. Molda bo'lgani kabi vaqtning sarf etilishida ham tadbirli va tejamkor bo'lish lozim. Albatta molni to'plab, ishlatib yana unga ega bo'lishingiz mumkin, ammo butun dunyo boyliklarini yig'ib ham o'tgan vaqtingizni qaytara olmaysiz.Insonning vaqti uning miqdori tayin etilganligi, umrning belgilab qo'yilganligi, unga inson aralasha olmasligi bilan qimmatlidir. Shu sababli har bir inson o'z vaqtini eng foydali ishlarga sarf etishi va u keltirishi mumkin bo'lgan fazilatlardan o'zini mahrum etmasligi kerak. Inson o'z vaqtini muhofaza etishi uchun uni qayerga va qanday sarf etishni bilishi kerak. Vaqt sarf etilishi kerak bo'lgan eng muhim o'rin esa, albatta, xayrli amallardir. Unga sarflangan vaqt uchun aslo pushaymon bo'linmaydi. Agar shu o'rinda ham bir pushayonlik bo'lsa, bu faqat vaqtida xayr va hasanotlarni ko'paytirmaganlik uchun bo'ladi. Ey do'stim, maqsadingizni aniq belgilab, niyatingizda samimiy va ixlosli bo'ling va vaqtingizdan unumli foydalanishni boshlang! Riyo chumolining oyoq izidan ham mayda,ko'rinmaydigan va bilinmaydigan, ammo eng xavfli, insonni tahlikaga qo'yuvchi amaldir. Bu kundalik faqat odatlarni shakllantirish uchundir, o'z amalimizga o'zimiz baho berishimiz uchun emas. Shu sababli quyida keladigan amallar faqat Yaratgan uchundir!....

Kitob haqida

Nashriyot
Naqshi
Nashr yili
2024
Asl tili
O'zbek tili

100 bet. Kuniga 20 bet oʻqisangiz, taxminan 5 kunda tugatasiz.

Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqing
Telegramda ulashish

Kitobni qayerdan topish mumkin

Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:

Taqrizlar

Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.

Kitoblarim oʻquvchilari

Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.

Keyingi oʻqish uchun

Yana bilmoqchimisiz?

Sunʼiy intellekt bu haqda kengroq maʼlumot beradi. Javob yangi oynada ochiladi, bu sahifa ochiq qoladi.

AIʼdan batafsil soʻrash