
Oy va chaqa
Inson ruhan tanazzulga yuz tutmasligi, o'zining yashirin shaxsiyatiyu asl “men”ini yo'qotib qo'ymasligi uchun keskin burilish yasashga kuch topishi va qat'iy qaror qabul qilishiga hech narsa, hatto vaqt ham to'sqinlik qilmasligi lozim. Ha, hech qachon «endi kech» tamoyiliga aldanib qolmang. Sizni harakatsizlantirib qo'ygan qobiqlar, zerikarli qonun-qoidalar, omma uchun odatiy bo'lib qolgan qoliplardan xalos bo'ling. Eng muhimi, o'zligingizga qarshi yashamang. Asar nima haqida ekanligini payqagandirsiz?! Romanning bosh qahramoni qirq yoshli Charlz Striklend asli savdo olami kishisi bo'lsa-da, o'zida san'atga nisbatan ilohiy kuch mujassam ekanligini avvalboshdan his etardi. Bu yo'lda u hatto oilasini tashlab, Parijga bosh olib ketadi. Striklend, tom ma'noda ilohiy qobiliyat sohibi edi, lekin san'at undan yaxshigina badal ham talab qiladi. Uning o'z ayoli va farzandlarini yolg'izlatib ketishi hamda og'ir damda ko'makdosh bo'lgan qadrdoni Dirk Struve yaxshiliklariga aks ta'sir ko'rsatishi, ayni paytda Blansh Struve muhabbatiga nisbatan adolatsizligi, uning hayotiga zomin bo'lishi rassom qismatining naqadar murakkab ekanini ko'rsatadi. Striklend instinktlarga bo'ysunmaydi, u uchun ijtimoiy talablar mutlaqo ahamiyatsiz. Asar davomida qaxramon hech vaqosiz - sariq chaqasiz tasvirlansa-da, ammo hayotining so'ngida insoniyatga daxldor, mukammal san'at asari yaratib ketadi.
Kitob haqida
- Nashriyot
- Akademnashr
- Nashr yili
- 2025
272 bet. Kuniga 20 bet oʻqisangiz, taxminan 14 kunda tugatasiz.
Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqingKitobni qayerdan topish mumkin
Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:
Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlangTaqrizlar
Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.
Kitoblarim oʻquvchilari
Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.
Keyingi oʻqish uchun

Begona, Vabo
Alber Kamyu · 2020

Yomg'ir
Somerset Moem · 2025

Notanish odam Parijda
Uilyam Somerset Moem · 2022
Театр
Somerset Moem · 2024
Острые бритвы
Somerset Moem · 2024
Луна и шесть пенсов
Somerset Moem · 2022

Oy va sariq chaqa
Somerset Moem · 2022

Archangel (used)
Robert Harris · 1999
Yana bilmoqchimisiz?
Sunʼiy intellekt bu haqda kengroq maʼlumot beradi. Javob yangi oynada ochiladi, bu sahifa ochiq qoladi.
AIʼdan batafsil soʻrash