
Hilol-nashr · 2025
- ISBN:
- 9789910556654
- Tili:
- O'zbek tili
- Yozuv:
- Kirill
- Sahifalar:
- 296
- Muqova:
- Qattiq
- Format:
- A5

Qur'onni insoniyat uchun qiyomatgacha boqiy hidoyat mayog'i, barchani ojiz qoldiruvchi bayoni, mislsiz mo'jizalar koni va ikki dunyo saodatiga eltuvchi dasturul amali qilib nozil etgan Alloh taologa beadad hamdu sanolar bo'lsin! Qur'onni Robbul olamindan qabul qilib olgan, uni butun olamlarga omonat ila yetkazgan, ham o'qishni, ham uqishni o'rgatgan, uni o'z sunnatlari ila hayotga tamomila tatbiq etib ko'rsatgan va ilmiy mo'jizalarni bayon etgan sevimli Payg'ambarimiz, Alloh taoloning habibi Muhammad Aminga eng pok va eng yuksak salavotu durudlar bo'lsin! Gohida ba'zi bir hodisa yoki gap-so'zlar o'zidan ko'ra kattaroq narsalarga sabab bo'ladi. Bunday bo'lishi Alloh taoloning hikmati bo'lsa kerak. Qabulimga kirgan bir kishi o'z tanishlarining dinimizni o'rganib borishdagi ixloslari, harakatlari va shunga o'xshash gaplarni aytib bo'lgandan keyin asosiy maqsadga ko'chdi. O'z tanishlaridan ba'zilari dinimiz ta'limotlarini o'rganib, qabul qilishlari bilan birga vafot etgandan keyin qayta tirilish haqidagi e'tiqodni qabul qilmayotganlari, ularga bu haqiqatni anglatish borasidagi urinishlar behuda ketayotgani borasida afsus-nadomat bilan gapirdi. Men u kishiga kerakli gaplarni aytdim. Nimalarni tushuntirish kerakligini bildirdim. Ziyoratchi qanoat hosil qilib, chiqib ketdi. Keyin o'zim o'ylanib qoldim. Mazkur odamlar nima uchun o'lgandan keyin qayta tirilish haqidagi aqiydani inkor qilishmoqda ekan? Alloh taologa ishonsa, Qur'oni Karimga ishonsa, Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamga ishonsa, nima uchun Alloh taolo aytgan, Qur'oni Karim aytgan, Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallam aytgan o'lgandan keyin qayta tirilish aqiydasini inkor qiladilar? Ehtimol, bu haqdagi ma'lumotlar ularga to'g'ri yetmagan bo'lsa kerak. Yoki biror kishi ularga bu borada shubhali gaplarni aytib, fikrlarini o'zgartirdimikan? Nima bo'lganda ham, bu tashvishli holat edi. Haligi savol bilan kelgan odamga «O'sha o'lgandan keyin qayta tirilishini inkor qilayotgan odamlarni olib keling», demabman ham. Oxiri bu masalani batafsil bayon qilib, alohida maqola yozish, shunga o'xshagan boshqa dolzarb masalalarni jamlab, bir kitob qilish rejasi tuzildi. Ammo mazkur dolzarb masalalarning o'zi kichikroq bir kitob bo'lib qoldi. Mavzular turlicha bo'lgani uchun o'lgandan keyin qayta tirilish aqiydasi borasidagi maqola ularga uncha mos kelmay qoldi. Mazkur masalani yoritish paytida, bugungi kunimizdagi ilmiy kashfiyotlar o'lgandan keyin qayta tirilish haqiqat ekanini isbotlagani haqidagi ma'lumotlarni taqdim qilish jarayonida o'z-o'zidan Qur'on va sunnatdagi ilmiy mo'jizalar mavzusi ko'tarilib qoldi. O'zi anchadan buyon shu mavzuda ham bir kitob qilish rejasi bor edi. Avvallari turli kitoblarimizda, joyi kelganda bu mavzu eslab o'tilgan va ba'zi ma'lumotlar ham taqdim etilgan edi. Shuning uchun o'limdan so'ng qayta tirilish haqidagi maqolani o'z ichiga olgan «Qur'on va sunnatdagi ilmiy mo'jizalar» degan kitob tayyorlash rejasi paydo bo'ldi va Alloh nasib qilib, bu reja amalga oshdi. Ba'zida mavzuni umumiy yoritishga harakat qilgan bo'lsak, ba'zida katta mavzularni alohida sarlavhalar ostida bayon qilishga to'g'ri keldi. Shu bois ba'zi ma'lumot va jumlalar takror kelib qolgan bo'lsa, muhtaram va aziz o'quvchilarimizdan uzr so'raymiz. Alloh taolo bu ojizona va kamtarona amalga oshirilgan ishni barchamiz uchun foydali qilsin! Undagi ma'lumotlarni dinimizni, Qur'oni Karimni, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlarini va shariatimizni yaxshiroq, teranroq va puxtaroq anglab yetishimizga vosita qilsin! Ushbu g'oyatda ahamiyatli ishda Alloh taoloning O'zi bizlarga yordam bersin! Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
296 bet. Kuniga 20 bet oʻqisangiz, taxminan 15 kunda tugatasiz.
Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqingKitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:
Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlangBu kitobga hali taqriz yozilmagan.
Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.

Hilol-nashr · 2025
Hilol-nashr · 2025

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf · 2022

Shayx Muhammad Avvoma · 2018
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Sunʼiy intellekt bu haqda kengroq maʼlumot beradi. Javob yangi oynada ochiladi, bu sahifa ochiq qoladi.
AIʼdan batafsil soʻrash