Kitoblarimkatalog
Qumdagi ayol

Qumdagi ayol

Yashash uchun kurash insonni har qanday og'ir sharoitga moslashuvchan qilib qo'yadi. Darhaqiqat, eshik tugul, biron tuynugi bo'lmagan zindonga qamalgan inson ham osongina taqdirga tan berishni istamaydi. Imkonsiz bo'lsa-da, ozodlik haqida orzu qiladi. Vaqt surati esa asirni o'zi band etilgan makonga ipsiz bog'lab qo'yadi. Eski orzular o'rniga paydo bo'lgan yangilari zindon chegarasi bilan kifoyalanadi. Turmush tarzi ham cheklangan vaziyatga moslashadi. Ilk nazarda o'ta mudhish ko'ringan, kishini erkidan ayirgan devorlar ham uning o'z uyidek qadrdon bo'lib qoladi. Yillar o'tib chiqish eshigi ochilganida esa, inson mazkur zindon endilikda o'z boshpanasiga aylanganini his etadi. O'zining "Qumdagi ayol" asari bilan muallif Kobo Abe nima demoqchi ekanligini anglash uchun, kitobxondan ziyraklik hamda teran fikrlash talab etiladi. Asar voqealari muayyan bir hududda bo'lib o'tsa-da, har bir kichik epizod qatida ma'lum bir ma'no pinhon yotadi. Umid qilamizki, kitob ana shu xususiyati bilan o'z o'quvchilariga munosib xayoliy hamroh bo'la oladi.

Kitob haqida

Nashr yili
2023
Asl tili
O'zbek tili

190 bet. Kuniga 20 bet oʻqisangiz, taxminan 10 kunda tugatasiz.

Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqing
Telegramda ulashish

Kitobni qayerdan topish mumkin

Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:

Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlang

Taqrizlar

Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.

Kitoblarim oʻquvchilari

Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.

Keyingi oʻqish uchun

Yana bilmoqchimisiz?

Sunʼiy intellekt bu haqda kengroq maʼlumot beradi. Javob yangi oynada ochiladi, bu sahifa ochiq qoladi.

AIʼdan batafsil soʻrash