
Qirolichaning yurishi
Ota-onasidan erta ayrilgan Elizabetni biqiq va zahmatga to'la yetimxona hayoti qarshi oldi. “Mumkin”, “Mumkin emas” degan temir qoidalar, qat'iy tartib-intizom ostida tarbiyalanayotgan qizaloq turli tazyiqlarga qaramay yetimxona farroshi janob Sheybeldan shaxmat o'ynashni o'rgandi va favqulodda bu o'yinga mehr qo'ydi. Tabiatan yolg'izlikka moyil asar qahramoni tunlarni xayolan shaxmat taxtasi ustida o'tkazar, donalarni ko'z oldida gavdalantirar, uning butun fikr-u xayolini o'yinning ohanrabosi o'ziga band qilgandi. Kitobxon kichkina jussali Elizabetni ko'z oldiga keltirarkan, shafqatsiz o'yinlar, shafqatsiz yurishlar, shafqatsiz hujumlar qarshisida mardonavor turgan qizaloqning irodasiga tan bermaslikning ilojini topolmaydi. O'z navbatida Elizabet ham har bir o'yinga raqiblari kabi shafqatsiz munosabat bilan javob qaytaradi. Hayotning turli zarbalarini metin irodasi orqali chetlab o'tgan Elizabet obrazi shaxmat o'ynashga ishtiyoq uyg'otishi bilan bir qatorda, o'quvchini qat'iyat va kuchli xohish-istak albatta muvaffaqiyat keltirishiga ishontiradi, maqsad sari dadil qadam tashlashga umidlantiradi.
Kitob haqida
- Nashriyot
- Zabarjad Media
- Nashr yili
- 2023
400 bet. Kuniga 20 bet oʻqisangiz, taxminan 20 kunda tugatasiz.
Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqingKitobni qayerdan topish mumkin
Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:
Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlangTaqrizlar
Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.
Kitoblarim oʻquvchilari
Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.
Keyingi oʻqish uchun
Yana bilmoqchimisiz?
Sunʼiy intellekt bu haqda kengroq maʼlumot beradi. Javob yangi oynada ochiladi, bu sahifa ochiq qoladi.
AIʼdan batafsil soʻrash






