
Odobni uch yoshdan o'rganamiz
Qo'lingizdagi kitob uch yoshdan olti yoshgacha bo'lgan bolalar uchun mo'ljallangan tarbiyaviy qo'llanmadir. U go'daklar qalbiga ezgu fazilatlar- ni o'ziga xos uslubda singdiradi. Bolalar murabbiyi, yigirmaga yaqin ilmiy-ma'rifiy kitoblar muallifi ustoz Ziyovuddin Rahim bola- jonlar uchun sodda, qiziqarli, ta'sirli tarzda axloq asoslarini tushuntirgan. Kitobda odob-axloq, poklik, rostgo'ylik, hurmat, mehr, milliy qadriyatlar kabi muhim tarbiyaviy mavzular hikoyalar, misollar, qiziqarli savol va topshiriqlar orqali yoritilgan. Kitobning eng katta afzalligi shundaki, har bir dars bolaning yoshiga mos vizual, interaktiv, amaliy tarbiya uslubida tuzilgan. Bu esa bolajon- lar go'zal xulqlarni ishtiyoq bilan o'zlashtirishlari- ga yordam beradi. "Odobni uch yoshdan o'rganamiz" kitobi bog'- cha tarbiyachilari, o'quv markazlari ustozlari, qolaversa, ota-onalar uchun tayyor yo'l xaritasi vazifasini o'tashiga ishonamiz.
Kitob haqida
- Nashriyot
- Matbaachi
- Nashr yili
- 2025
- Asl tili
- O'zbek tili
176 bet. Kuniga 20 bet oʻqisangiz, taxminan 9 kunda tugatasiz.
Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqingKitobni qayerdan topish mumkin
Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:
Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlangTaqrizlar
Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.
Kitoblarim oʻquvchilari
Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.
Keyingi oʻqish uchun

Qalblar tabobati
Ziyovuddin Rahim · 2023

Najot keltiruvchi duolar
Ziyovuddin Rahim · 2023
Tajvid qoidalari (Ziyovuddin Rahim)
Ziyovuddin Rahim
Namozda hushu (katta)
Ziyovuddin Rahim
Bola odobi bilan aziz
Ziyovuddin Rahim · 2022
Tahorat kitobi
Ziyovuddin Rahim, Odilxon Yunuxon o'g'li · 2020
Rizq kalitlari
Ziyovuddin Rahim, Odilxon qori Yunusxon o'g'li · 2024
Baxtli hayot sari
Ziyovuddin Rahim · 2016
Yana bilmoqchimisiz?
Sunʼiy intellekt bu haqda kengroq maʼlumot beradi. Javob yangi oynada ochiladi, bu sahifa ochiq qoladi.
AIʼdan batafsil soʻrash