Kitoblarimkatalog
Kitoblarga qaytish
Ilohiy nasihatlar. Allohning roziligiga eltuvchi amallar

Ilohiy nasihatlar. Allohning roziligiga eltuvchi amallar

Qo'lingizdagi ushbu kitobda musulmon banda uchun o'ta zarur bo'lgan, ajr-savobi ulug' amallar haqida so'z boradi. Ushbu nasihatlarga amal qilgan inson Alloh taolo roziligiga oson erishadi, bardavom kelib turadigan ajrlarni qo'lga kiritadi, inshoolloh. Ko'pchilik insonlar "Dinda mutaqaddim (peshqadam) bo'lish uchun oson amallar bormi?" deb so'raydilar. Shariatimizda bandani najotning oson yo'liga olib boradigan amallar juda ko'p. Islom yengillik dinidir. U insonlarni yuksak axloqli bo'lib yashashga chorlaydi. Banda qiladigan ehsonini ham avvalo o'zi, oilasi, yaqinlaridan boshlaydi, so'ng ortib qolganini boshqalarga beradi. Umar roziyallohu anhu o'z zamonlarida bir kishi masjiddan ketmaganini ko'rib uni chiqarib yuborganlar va zimmasidagi farz bo'lgan oilani boqishga buyurgan. Islom odamlarni dunyodan uzib qo'ymaydi. Balki o'zi, oilasi uchun mehnat qilsa ham, ayolining og'ziga bir luqma solib qo'ysa xam, eriga xushmuomala bo'lsa ham, farzandlarini o'pib, erkalab, ular bilan o'ynasa ham, ovqatlanib o'tirganda g'iybat va boshqa gunoh so'zlarni emas, odatiy gaplarni gapirib o'tirsa ham, ko'chadagilarga salom bersa ham, niyatini to'g'rilab chiroyli kiyimlar kiysa, ularni toza saqlasa, odamlarga tabassum qilsa ham savob olaveradi. Mo'min banda hamisha insonlarga manfaat berishni ko'zlashi, jamiyatdan uzilib qolmasligi darkor. Zero, hadisda insonlarning eng yaxshisi (boshqa) insonlarga eng ko'p manfaati yetadigani bo'lishi ta'kidlangan. Payg'ambarlar, sahobalar, tobeinlar va solih zotlarning deyarli barchasi biror kasb bilan shug'ullangan, o'sha kasbi sababidan oilasini tebratgan. Shu bilan bir qatorda, ibodatda ham peshqadam va barchaga namuna bo'lganlar. Kunduzini mehnat, kechasini esa ibodat qilib o'tkazganlar. Xullas, Jannatga doxil bo'lish uchun insonlardan uzilib olish shart emas. Kundalik ibodatlar, yumushlar va amallarni ham niyatni to'g'ri qilib bajarish orqali juda ko'p ajru savoblar qozonish oson. Qoriy Toyyib Sohibning mashhur bir so'zlari hammaning yodida turishi lozim: "Kamolot uchun mehnat kerak". Ya'ni oddiy bir chigit yer ustida qolib ketsa, chirib ketadi. Lekin u birortaning egniga kiyim yoki kafan bo'lishi uchun ekib, sug'orishga, Ishlov berib paxta bo'lib ochilganda esa terishga, tozalab, yigirishga, so'ng mato tayyorlashga, keyin kiyim tikishga zarurat bor. Oddiy bir mato uchun shuncha mehnat lozim bo'lsa, Alloh taoloning Jannati uchun faqat xom xayol, quruq orzuning o'zi yetmaydi. Kitobda insonning najot topishiga sabab bo'ladigan, nafsga yengil (ya'ni uni bajarish oson bo'lgan) amallar, nasihatlar haqida so'z boradi, inshoolloh. Kitob 12 ta mavzuni o'z ichiga olgan. Ularda musulmon bandaning yakka o'zi bajaradigan hamda boshqa odamlarga aralashish orqali bajaradigan amallar bayon qilingan. Mavzu oxirida unga aloqador qissalar keltirilgan. Ushbu nasihatlarga amal qilgan inson najotga hamda Alloh roziligiga erishadi, inshoolloh.

Kitob haqida

Nashriyot
Kitobdornashr
Nashr yili
2022
Asl tili
O'zbek tili

392 bet. Kuniga 20 bet oʻqisangiz, taxminan 20 kunda tugatasiz.

Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqing
Telegramda ulashish

Kitobni qayerdan topish mumkin

Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:

Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlang

Taqrizlar

Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.

Kitoblarim oʻquvchilari

Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.

Keyingi oʻqish uchun

Yana bilmoqchimisiz?

Sunʼiy intellekt bu haqda kengroq maʼlumot beradi. Javob yangi oynada ochiladi, bu sahifa ochiq qoladi.

AIʼdan batafsil soʻrash