
Britannika. Eng yangi bolalar ensiklopediyasi. Biz bilganimiz va bilmaganimiz haqida
«Britannika» ensiklopediyasi 1768 yildan beri qiziquvchilar va o'rganuvchilarga quvonch ulashib kelmoqda. Mazkur kitob ushbu an'ananing davomchisi sifatida sizni butun Olam va tarix bo'ylab ajoyib sayohatga olib boradi. Bu kitob orqali sizda qora tuynukka sho'ng'ish (va u yerdan eson-omon qaytish!) hamda o'rta asr qal'asiga sayohat qilish, shuningdek kelajakka nazar tashlash va Yerda biz uchun eng muhim bo'lgan narsalarni bilib olish imkoniyati beriladi. Har safar kitobni varaqlaganingizda, o'zingiz uchun yangi bilim kashf qilasiz va, ehtimol, men kabi sudralib yuruvchilar bobini o'qiganingizda biroz qo'rqib ketasiz ham ... Ammo kitobning har bir sahifasi qanchalik hayratlanarli va qiziqarli bo'lmasin, biz siz bilan baham ko'rayotgan bilimlar har doim ham bir xil bo'lib qolib ketmaydi. Bu, o'z o'rnida, biz kutgan narsa bo'ladi. Ma'lum va mashhur sir-sinoatlarni izohlab beruvchi boblarni sinchiklab o'qib chiqing. Bizga ushbu kitobni yaratishda yordam bergan olimlar, tadqiqotchilar va chuqur bilim sohiblari o'zlarining kundalik hayotlarida bilimlarning chegaralarini belgilab beradigan kishilardir. Ular o'zlarining ehtiroslari va aniqlikka bo'lgan sadoqatlari bilan harakat qilishadi va barchamizga dunyoni yaxshiroq tushunishga yordam berishadi. Bu esa biz hali bilmagan bilimlarni egallashni o'z ichiga oladi. Biz faktlar muhim deb hisoblaymiz va barcha ma'lumotlarni, shu jumladan ushbu sahifalarning har birini aniq faktlarni tekshirish orqali aniqlikka intilamiz. «Britannika» ensiklopediyasi o'zining 250 yildan ortiq faoliyati davomida surishtiruv va qidiruv ishlarini olib borish, mutaxassislar bilan ishlash va innovatsiyalarni rivojlantirishga sodiqdir.
Kitob haqida
- Nashriyot
- O'zbekiston
- Nashr yili
- 2021
- Asl tili
- O'zbek tili
424 bet. Kuniga 20 bet oʻqisangiz, taxminan 22 kunda tugatasiz.
Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqingKitobni qayerdan topish mumkin
Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:
Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlangTaqrizlar
Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.
Kitoblarim oʻquvchilari
Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.
Keyingi oʻqish uchun

Jajji akademik (9 son)

Самые милые животные. Большая энциклопедия для маленьких
2025

The Wind in the Willows (used)
Kenneth Grahame's

Читаем, пишем, играем. Рабочая тетрадь для дошкольника
В. А. Белых · 2017

Развиваем воображение и внимание
Елена Ульева · 2018

Викторина. 4 класс
Татьяна Бойченко · 2019

Примеры по точкам. Решай и рисуй 2-класс
Мария Буряк · 2020

Готовим руку к письму
Елена Ульева · 2018
Yana bilmoqchimisiz?
Sunʼiy intellekt bu haqda kengroq maʼlumot beradi. Javob yangi oynada ochiladi, bu sahifa ochiq qoladi.
AIʼdan batafsil soʻrash