Kitoblarimkatalog
$100M takliflar

$100M takliflar

Men yigirma yoshlarimdayoq, McDonald's, IKEA, Ford Motor Company, Motorola va Yahoo kabi kompaniyalar bosh direktorlarining bir yillik daromadini qo'shganda ham ko'proq pul topganman… va buni $100M Offer usuli orqali qilganman. U ishlaydi. Va siz uchun ham ishlaydi. Lekin undan oldin biznesim shunchalik yomon ahvolga kelgan ediki, xizmatlarimni hatto bepul bersam ham olishmasdi. Har oy oxirida bank hisobimga qarab, o'sishni ko'rishni umid qilardim (ammo u yo'q edi). Nimadir o'zgarishi kerakligini bilardim… lekin nimani? 48 oy davomida men zarar ko'rishdan har sarflangan 1 dollar uchun 36 dollar ishlash darajasiga chiqdim. Shu vaqt ichida to'rt xil sohada — xizmat ko'rsatish, e-commerce, dasturiy ta'minot va an'anaviy oflayn bizneslarda — 120 000 000 dollardan ortiq daromad qildik. Eng qizig'i — bizda “ideal” sotuv voronkalari, kuchli reklamalar yoki boy nisha yo'q edi. Hatto 50 million dollarlik savdodan o'tmaguncha email ham yubormasdik (!). Biz faqat bitta ishni juda yaxshi qildik — shunday takliflar yaratdikki, odamlar “yo'q” deyishni ahmoqlik deb his qilishdi. Bu kitob sizga quyidagilarni o'rgatadi: — Hozirgidan ancha qimmat narx qo'yish usuli — Mahsulotingizni shunchalik kuchli qilishki, mijozlar to'lash yo'lini o'zi topsin — Taklifingizni shunchalik jozibali qilishki, odamlar ikkilanmasdan sotib olsin …va yana ko'plab kuchli strategiyalar. Agar siz reklama uchun kamroq pul sarflab, ko'proq qiziqqan odamlarni jalb qilishni va ularni yuqori narxlarga “HA” deyishga undashni istasangiz — bu kitobni oling, ichidagilarni amalda qo'llang va natijani o'zingiz ko'ring.

Kitob haqida

Nashriyot
Iftixor Books
Nashr yili
2026
Asl tili
O'zbek tili

334 bet. Kuniga 20 bet oʻqisangiz, taxminan 17 kunda tugatasiz.

Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqing
Telegramda ulashish

Kitobni qayerdan topish mumkin

Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:

Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlang

Taqrizlar

Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.

Kitoblarim oʻquvchilari

Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.

Keyingi oʻqish uchun

Yana bilmoqchimisiz?

Sunʼiy intellekt bu haqda kengroq maʼlumot beradi. Javob yangi oynada ochiladi, bu sahifa ochiq qoladi.

AIʼdan batafsil soʻrash