Kitoblarimkatalog
Eng sara asarlari

Eng sara asarlari

Mashhur psixolog va ijodkor Jon Greyning "Erkaklar Mars, ayollar esa Venera sayyorasidan” nomli asari zamonamizning eng yaxshi xaridorgir kitoblaridan biridir. Mazkur asar juda ko'plab odamlarning taqdirlari yaxshi tomonga o'zgarishiga sabab bo'lgan. Erkak va ayollar o'rtasida yuzaga kelayotgan juda ko'p muammolar bizning haqiqatan ham turli dunyoqarashga ega insonlar ekanligimizdan dalolat beradi. Biz nafaqat har xil insonmiz, balki turli sayyoradan kelganmiz ham. Biz erkak va ayollarning ko'p masalalarga yondashuvimiz shu darajada farq qiladiki, natijada, bir-birimizni chindan tushunishimiz uchun alohida umumiy muloqot tili kerak bo'ladi. Biz aynan mana shu tilni o'rganib olsak, muhabbat mojarolari, oila va ishda uchrayotgan ko'plab kelishmovchiliklar barham topadi. Kitob 16 yoshdan katta barcha erkak va ayollar uchun mo'ljallangan. Yozuvchining "Osmondan tushgan bolalar" nomli asari esa ota-onalar uchun foydali asardir. Unda farzand tarbiyasi bilan bog'liq muhim hayotiy maslahatlar, qimmatli fikrlar beriladi. Kitobni o'qish davomida uni hayotga tatbiq etsangiz, ko'plab yutuqlarga erishasiz. Ijodkorning ushbu kitoblari Siz azizlarga manzur bo'ladi, degan umiddamiz.

Kitob haqida

Nashr yili
2020
Asl tili
O'zbek tili

720 bet. Kuniga 20 bet oʻqisangiz, taxminan 36 kunda tugatasiz.

Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqing
Telegramda ulashish

Kitobni qayerdan topish mumkin

Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:

Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlang

Taqrizlar

Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.

Kitoblarim oʻquvchilari

Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.

Keyingi oʻqish uchun

Yana bilmoqchimisiz?

Sunʼiy intellekt bu haqda kengroq maʼlumot beradi. Javob yangi oynada ochiladi, bu sahifa ochiq qoladi.

AIʼdan batafsil soʻrash