Kitoblarimkatalog
Kitoblarga qaytish
Zulayho ko'zini ochyapti
Badiiy tarjima

Zulayho ko'zini ochyapti

Zulayho – o'n besh yoshidan turmush mushtlari ostida qolgan, ayol, er va qaynona munosabatlarining yozilmagan temir qoidalariga bo'ysunib yashashga majburlangan, qirq besh yoshli eri Murtazoga so'zsiz itoatda bo'lishga o'rgatilgan jafokash ayol. Zulm ostida kechgan yosh umri davomida qanday xatoga yo'l qo'ydiki, qariyb yarim yillik yo'l azobidan so'ng surgun qilinganlar qatorida «hatto Xudoning ham yodidan chiqib ketgan», odam oyog'i yetmaydigan, hayot shafqat qilmaydigan joylarda qolib ketishga mahkum bo'ldi? Murtazoning jonsiz tanasini uyda qoldirib surgunga haydalgan, uning to'rt qizdan so'ng tirik qolgan zurriyotini ochlik azobidan omon olib chiqqan Ayol qalbini yana qanday gunohlar azoblayapti? Zulayho qachon ko'zlarini ochib, dunyoning yorug' tomonlari ham borligini ko'radi? Erini o'ldirgan, o'zini esa bir necha bor o'limdan saqlab qolgan qizil gvardiyachi Ignatovning issiq bag'rida tong ottirgandami? Yoki uni yillar bo'yi ezib kelgan temir qoidalarni chilparchin qilib, ayollik baxtini his qilishga haqqi borligini anglab yetgandami? Ushbu asarda bir ayol qismati orqali 30-yillarning mash'um manzaralari, begunoh insonlarning surgundagi hayoti va iztiroblariga guvoh bo'lasiz.

Kitob haqida

Nashr yili
2022

480 bet. Kuniga 20 bet oʻqisangiz, taxminan 24 kunda tugatasiz.

Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqing
Telegramda ulashish

Kitobni qayerdan topish mumkin

Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:

Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlang

Taqrizlar

Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.

Kitoblarim oʻquvchilari

Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.

Keyingi oʻqish uchun

Yana bilmoqchimisiz?

Sunʼiy intellekt bu haqda kengroq maʼlumot beradi. Javob yangi oynada ochiladi, bu sahifa ochiq qoladi.

AIʼdan batafsil soʻrash