Kitoblarimkatalog
Omma psixologiyasi
Badiiy tarjima

Omma psixologiyasi

Tasavvur qiling, omma bir joyda to'planganini ko'rib qoldingiz. Hamma kuyib-pishib, baqirib o'zicha nimanidir uqtiryapti. Siz ham omma ichiga kirdingiz. O'n daqiqa o'tar-o'tmas, avomdagi kuyinchaklik va g'azab hissi sizni ham egallaydi. Xuddiki kimdir sehrlab qo'ygandek. Endi siz, yarim soat oldin rejangizda umuman bo'lmagan ishlarni qilasiz. Gustav Lebonning "Omma psixologiyasi " (Ingliz tilida The Crowd: A Study of the Popular Mind) kitobi birinchi bor 1885 yilda, fransuz tilida nashr etilgan bo'lib, aktualligini bugungi kungacha yo'qotmay kelyapti. Shundan beri necha yil o'tgan bo'lsa hamki kichik jamoa liderlaridan tortib, jurnalistlaru-siyosatchilargacha o'qishadi. Taniqli psixolog bu kitobida, omma yakka shaxsga qanday ta'sir o'tkazishi, uning qanday shakllanishi, qay yo'sinda himoyalanish mumkinligi, omma ta'siriga tushmaslik uchun nima qilish kerakligi haqida yozadi Bu kitobdagi ma'lumotlar sabab, qanchadan-qancha guruhlar, kompaniyalar, partiyalarning shiorlari, tashviqot so'zlari va turli sohalardagi reklama bannerlari yaratilgan, yaratilyapti va yaratiladi. Kitobni bemalol keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan desak bo'ladi. Sababi, har birimiz shu jamiyatning, shu ommaning bir bo'lagimiz. Faoliyati sababli, insonlar bilan muloqotga ko'p kiruvchi kasb egalari bo'lgan siyosatchi, jurnalist, PR-menejerlariga alohida tavsiya etiladi! Ko'proq ko'rish

Kitob haqida

Nashr yili
2021

176 bet. Kuniga 20 daqiqa oʻqisangiz, taxminan 9 kunda tugatasiz.

Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqing
Telegramda ulashish

Kitobni qayerdan topish mumkin

Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:

Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlang

Taqrizlar

Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.

Kitoblarim oʻquvchilari

Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.

Keyingi oʻqish uchun